O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#156917
1   2   3   4   5   6   7   8
Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
669 
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra turlarga bo’lib o’rgansak oson bo’ladi. 
4- sinfda 2- savolga quyidagicha javob berdilar: 
- Otlar ko’plik qo’shimchasini oladi. 
- Otlar – lar qo’shimchasini oladi. 
- Otlar ot yasovchi qo’shimchalarni oladi. 
- Otlar – chi qo’shimchasini oladi. 
- Otlar – dosh qo’shimchasini oladi va hokazo. 
Otlarning egalik qo’shimchasi ( -im,- ing, -si,- imiz,- ingiz,- lari) qo’llangan 
holatlari, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan ishlatilgan holatlari gaplar tarkibida 
ko’rsatildi va so’roqlari yordamida otlar aniqlatildi. O’quvchilarda “Aqliy hujum” orqali 
“Otlar yana boshqa qo’shimchalar bilan ham qo’llanar ekan. Ular qanday qo’shimchalar 
ekan?- degan qiziqish paydo bo’ldi. 
Shundan so’ng ularga quyidagi savollar berildi: 
- Otlar oladigan qo’shimchalar haqida qanday ma’lumotlarni bilar edingiz? 
- Ot oladigan qaysi qo’shimchalarni bilmas ekansiz? Ularni bilishni xohlaysizmi? 
Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini 
boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab, 
o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash 
darajasini oshiradi. O’quvchilar “ Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr –qimmatini, 
umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishini anglab 
boradilar. 
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri 
“Klaster” 
usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan darsning 
da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil g’oyalar 
o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod 
mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “ Klaster” 
metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib ishlashda 
foydalanish mumkin. 
Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi 
aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta 
varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til 
hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki 
katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok 
etishi shart. 
Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda 
o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3-sinfda “So’z 
turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilarga 
quyidagi savolni beriladi: 
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? 
Ularning javobini doskaga yozib boriladi. 



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin