O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
666
BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI MAVZUSINI O'QITISHDA
ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani
6 umumiy o‘rta ta‘lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning leksik-
grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya'ni
so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va yordamchi
so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi, ammo
o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki
va yozma
nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish, o'quvchilar shu
vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini
aniq tushunishiga erishish,
bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish
hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish
jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib
boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishi
bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari,
bevosita
ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim
ahamiyatga ega.
O'quvchilarda
kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish,
atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish
vazifasi ham amalga oshiriladi.
―Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib,
bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi,
shuningdek,
otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish
maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilarning
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har
bir sinf uchun material hajmi, ularni
o'rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
i.
,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
ii.
kim?
so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob
bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil
qilish;
iii.
kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar va
geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;