ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022
668
«
Zinapoya» usuli O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda
«zinapoya» chiziladi.
Ma’lumki, antonimlar o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning
bittasi «zinapoya» ga yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning
o’zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o’quvchilarda
tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga
chiqsa, ular g’olib bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, zinalar soni shuncha bo’ladi.
«Izohli lug’at»
Buning uchun o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar.1-guruh ishtirokchilari so’z
birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar. 2-guruhdagi
o’quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so’z va birikmalar ma’nosini tezkorlik bilan
izohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag’lub hisoblanadi. Bu o’yin
quyidagicha amalga oshiriladi:
O’zbekning shoh taomi: palov
Ertalabki ovqatlanish: nonushta
Ilonning yog’ini yalagan: ayyor .
Dala malikasi: makkajo’xori
Aql gimnastikasi: shaxmat
Tog’ malikasi: archa va x.k.
Bu o’yinlarni ona tili darslarida 4-sinflarda o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunday
o’yinlar faqat bir mavzu doirasida cheklanib qolmay bir qancha mavzularda, ko’proq
takrorlash darslarida o’tkazilishi mumkin.
3-4- sinfda “So’z turkumlari” bo`limi o’rganilayotganda quyidagi kabi savollardan
foydalanish mumkin:
1. So’zlar nima uchun turkumlarga bo’linadi?
2. Ot qanday qo’shimchalar bilan qo’llanadi?
3. Egalik qo’shimchalari va ularning vazifasi nima?
4. Kelishik qo’shimchalari vaular qanday vazifa bajaradi?
5. Sifat va ot turkumining o’zaro qanday bog’liqligi bor?
6. Ot bilan fe’lning o’zaro qanday bog’liqligi bor?
7. Fe’llardagi zamon qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi?
8. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi?
va hokazo.
1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar:
- So’zlar turli ma’nolarni bildiradi.
- Ayrim so’zlar narsa ma’nosini bildiradi.
- Ba’zi so’zlar shaxs ma’nosini bildiradi.
- So’zlar harakat ma’nosini ham bildiradi.
- So’zlar belgi ma’nolarini bildiradi.