ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022
677
oltita-oltitadan guruhlarga bo`linadi. Guruhlarga muayyan nomlar beriladi. Dars
mavzusi e`lon qilinadi, o`qituvchi guruhning a`zolarini almashtiradi. Yangi guruhda
avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va o`z guruhining mavzu yuzasidan chiqargan
xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh a`zolari avvalgi guruhning fikr va
xulosalarini o`rganadilar, unga o`z munosabatini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt
ichida o`quvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham bu fikrlar
ularning o`zlari tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi.
Baliq skeleti texnikasi Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori
qismida muammolar yozilsa, pastki qismida esa ularning yechimiga doir so`zlar
yozilib, misollar bilan izohlanadi.
Debatlar Debatlar – bu qarama-qarshi nuqtai-nazarlarning o`zaro bahsi (to`qnashuvi)
bo`lib, u o`quvchilarni tanqidiy fikrlashga, turli masalalarni o`rganish va o`zlari haq
ekanligiga boshqalarni ishontirishga o`rgatadi. Debatlar Qadimgi Gretsiyada
yaratilganligi haqida nazariy ma`lumot beriladi.
Debatlar bu jamoaning hamkorlikdagi faoliyati bo`lib, bunda jamoaning har bir
a`zosi o`zining burch va majburiyatlariga ega bo`ladi, kim g`alabaga erishganini esa
debat yakunida jamoalarning argumentlari, faktlari, favqulodda savollar va ularga
berilgan javoblar asosida hakamlar jamoasi yoki o`qituvchi belgilab beradi.O`quvchilar
bilan debat o`tkazganda 3 ta tamoyilga amal qilish kerak: Debatlar ko`p narsaga
o`rgatadi (Chunki debat o`tkazishdan maqsad faqat g`alaba qozonish emas, balki asosiy
maqsad debatlar yordamida yangi bilimlarni egallashdir). Jarayonga faol ishtirok va
vijdonlilik majburiyati (Bu tamoyil debatning o`zagi bo`lib, noto`g`ri argument keltirish
va savollarga javob berishda mantiqan noto`g`ri yo`ldan ketishning oldini oladi) .
O`zaro hurmatni saqlash (Debat ishtirokchilarining shaxsiga qasddan teskari aloqaga
kirishmaslik shart, o`zga o`quvchi tomonidan aytilgan nazariya yoki fikrga qarshi
chiqayotgan bo`lsa, uning obro`sini to`kish maqsadga muvofiq emas. Chunki debat
g`oyalar va bu g`oyalarning to`qnashuvidan iborat).
Debatda 2 ta jamoa ishtirok etadi. 1-jamoa: Tasdiqlovchi tomon sifatida. 2-jamoa:
Qarama-qarshi yoki inkor etuvchi tomon sifatida. Jamoalardan so`zga chiquvchilar
spikerlar deyiladi. T1, T2, T3-tasdiqlovchi tomon spikerlari. Q1, Q2, Q3-qarama-qarshi
tomon spikerlari. Debatlarda quyidagi mahoratlar zarur bo`ladi: Tanqidiy tafakkur
(tanqidiy fikr yuritish), Tadqiqiy malakalar, Tashkiliy malakalar, Tinglash va yozma
qayd qilish va taqdim etish kabi ko`nikmalar shakllantiriladi.O`tkaziladigan debatning
mavzusi aniq, tasdiqlovchi tugallangan fikr shaklida bo`lishi kerak.Tasdiqlovchi tomon
spikerlari hakamlarni o`z nuqtai-nazarlarining to`g`riligiga ishontirishga harakat qiladi
(Masalan, Adabiyot – ko`ngil tarjimoni deya, fikrlar orqali mavzuni yakunlash). Inkor
etuvchi tomon spikerlari tasdiqlovchi tomon nuqtai nazarining noto`g`ri ekanligiga
hakamlarni ishontirishga harakat qilishi kerak (Adabiyot – yolg`on gapiradi ...).
Argumentlash. Argumentlash orqali har ikkala tomon hakamlarni o`z nuqtai nazari