ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022
678
to`g`ri ekanligiga ishontirish kerak. Argumentlar sust yoki kuchli, ishonarli bo`lishi
mumkin. Shuningdek, debat ishtirokchilari o`z nuqtai nazarlarini mustahkamlovchi
dalillarni (sitatalar, faktlarni, statistik ma`lumotlarni) taqdim qilishlari lozim.
FSMU texnologiyasi .Bu texnologiyadan foydalanishda o`qituvchi har bir
o`quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog`oz varaqlarini tarqatadi va
yakka tartibda ularni to`ldirishni iltimos qiladi. Bunda:
F—fikringizni bayon eting
S—fikringiz bayoniga sabab ko`rsating;
M- ko`rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U—fikringizni umumlashtiring.
O`qituvchi o`quvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi.
Yakka tartibdagi ish tugagach, o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va
o`qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta
formatdagi qog`ozlarni tarqatadi.
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog`ozlardagi fikr va dalillarni katta
formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo`yicha yozishlari taklif etiladi.
O`qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o`rtasida himoya
qilishlarini so`raydi.
Mashg`ulot o`qituvchi tomonidan muammo bo`yicha bildirilgan fikrlarni
umumlashtirish bilan yakunlanadi.
Har qanday metod yoki ushbu metodni qo‘llash usullari avvalo o‘quvchining
mavzuni to‘liq o‘zlashtirishi uchun xizmat qilishi lozim. Bugungi kun pedagogining
asosiy vazifasi metodlarni to‘g‘ri tanlay olishi, kutilgan natijaga qiyinchilik bilan oson
usulda erishishidir.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi tavsiyalardan dars mashg‘ulotlarini olib
borishda foydalansa kutilgan natijaga erishish samaradorligi oshadi, o‘qituvchi va
o‘quvchi uchun murakkablik tug‘dirmaydi, yengillik yaratadi deb o‘ylaymiz.