O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat'iy nazorat olib boradi. Shu bilan bir qatorda, Komissiyaga davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash jadvalini tasdiqlash vazifalari yuklatildi, unga asosan 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan. 1. Kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlashga, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish, shu jumladan, quyidagilar orqali yaratish:
ortiqcha va o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa, funksiya va vakolatlarni bartaraf etish, takrorlash va parallelizmni tugatish hisobiga davlat boshqaruvi tizimini optimallashtirish hamda nomarkazlashtirish;
davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf- xarajatlarini pasaytirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini oshirish;
strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini joriy etish;
iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini
rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor mexanizmlarini