kengaytirish;
jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish. 2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali yanada oshirish:
davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq tartibga solishga qaratilgan ma'muriy tartib- taomillarni takomillashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma'muriy adliya tizimini rivojlantirish;
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini oshirish;
jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylik va huquq- tartibotni mustahkamlash. O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, so‘zsiz, innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi. Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat
idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor g‘oyani