ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli
50 foizga kamaytirish nazarda
tutilgan.
2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida
tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‗lash tartibi bazaviy tarif
stavkalaridan kelib chiqib joriy etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yilda ushbu qarorga
muvofiq davlat ta‘lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‗lashning
bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo‗yicha qo‗shimcha xarajatlar O‗zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta‘minlab, 2019
yildan boshlab esa O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini
shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutadi, davlat maktabgacha ta‘lim
muassasalarini
moddiy
rag‗batlantirishning
maxsus
jamg‗armasini
shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‗lash fondining
qat‘iy ravishda
15 foizi miqdorida qo‗shimcha mablag‗lar ajratilishini
ta‘minlaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi moddiy
rag‗batlantirishning maxsus jamg‗armasi mablag‗laridan maqsadli va manzilli
foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‗rnatadi, davlat maktabgacha ta‘lim
muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda
tutadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasining
2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti
parametrlari to‗g‗risida» 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-
ilovasiga ilovaga muvofiq o‗zgartirish kiritiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‗zgartirish va qo‗shimchalar to‗g‗risida bir hafta muddatda
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.