2.2 Maktabgacha ta‟lim vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida
maktabgacha ta‟lim muasssalarini tashkil etish mexanizmlari
―Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan
yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‗liga o‗tmoqdamiz.
Innovatsiya – bu kelajak degani.
Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‗lsak,
uni aynan innovatsion g‗oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz
kerak‖.
12
O‗zbekistonda maktabgacha ta‘lim tiziminidagi islohotlarni rivojlantirish
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida
14 fevral kuni maktabgacha ta‘lim tizimini isloh
qilish va rivojlantirish
bo‗yicha ko‗rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‗ishlab
o‗tkazgan videoselektorida bog‗cha erlaridan foydalanmoqchi bo‗lgan
―xomxayol‖ tadbirkorlarni tanqid ostiga olindi. Jumladan davlat-xususiy
sheriklik asosida nodavlat bog‗chalar tarmog‗ini kengaytirish masalasini ko‗rib
chiqiish asosida hududlarga biriktirilgan tijorat
banklari va tadbirkorlar
tomonidan 2018 yilda jami 222 ming nafar bolaga mo‗ljallangan 3 mingdan
ziyod nodavlat bolalar bog‗chasini
tashkil etish rejalashtirilib, shundan 1 ming
200 tasi yangi quriladigan binoda, 1 ming 360 tasi mavjud binolarda va 470 tasi
uy bog‗chasi sifatida tashkil etilishi ko‗zda tutildi.
SHu bois Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga ishlamay turgan
bog‗chalarni berish, binoni ta‘mirlab va jihozlab ishlatish vazifasini qo‗yish
zarurligi, xususiy bog‗cha uchun yaxshi joydan er, bino va imtiyozli kredit olib,
qurilgan yoki ta‘mirlangan binodan 1-2 yildan
keyin boshqa maqsadda
foydalanaman, degan ―xomxayol‖ bilan yurgan ―qo‗shtirnoq ichidagi
tadbirkorlar‖ ham bor, deb, shu sababli hokimliklar xususiy bog‗chalar uchun er
12
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасидан
22.12.2017й.
va
bino ajratish, banklar esa kredit berish to‗g‗risidagi o‗z qarorlarida bunday
binolardan kamida 15-20 yil davomida bog‗cha sifatida
foydalanish zarurligi
to‗g‗risidagi shartlarni nazarda tutish kerakligini ta‘kidlab o‗tildi.
Dostları ilə paylaş: