texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta
qurish;
-
ta‘lim oluvchilarni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashning va ma‘rifiy
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
-
ta‘lim va kadrlar tayyorlash, ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan
o‗tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy
qilish;
-
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta‘limning talab qilinadigan
darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‗rsatishi va
barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini tahminlovchi normativ,
moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
-
ta‘lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash,
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini,
shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
-
uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‗lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-
kadrlar tayyorlash maqsadida o‗zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o‗z ichiga quyidagi ta‘lim turlarini
qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: