Birinchi bosqichda amalda oshiriladigan eng asosiy ishlardan biri - bu 3
yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tizimiga zamin tayyorlashdan
iboratdir. Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va
ehtiyojlari hisobga olingan holda ana shu yo‗nalishlarni kadrlar bilan
ta‘minlovchi mazkur ta‘lim muassasalarining joylashtirilishi, ularni moddiy va
moliyaviy ta‘minlashning dasturi ishlab chiqildi va hukumat qarori bilan
tasdiqlandi. Har bir yangi tashkil etiladigan litsey va kollejlarning yo‗nalishlari
bo‗yicha o‗ziga xos maxsus loyihalari ishlab chiqildi. Bunda mahalliy sharoitlar
hisobga olinib, har bir tumandan tanlab olingan o‗ziga xos loyiha bo‗yicha litsey
va kollejlarining tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu dasturda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini qayta ta‘mirlash,
rekonstruksiya qilish, yangidan qurish zaruriyatidan kelib chiqqan holda (har bir
viloyat, tuman, qishloq miqyosida) ularning moddiy bazasini ta‘minlash
masalalari o‗z echimini topgan. Bu borada davlatimizning barcha tuzilmalari,
resurslari, iqtisodiy imkoniyatlari ishga solindi.
Ikkinchi bosqichda, ya‘ni 2005 yilda milliy dasturda belgilangan vazifalar
to‗liq amalga oshirildi.
Uchinchi bosqichda (2005 yildan keyin) kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ta‘lim-
tarbiya kadrlar tayyorlash tizimini tarkibiy bir qismidir. Talim-tarbiya tizimi
kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan
zarur bir sohadir.
Dostları ilə paylaş: