tomonidan o‗z joyidagi tuman, shahar statistika bo‗limiga har yili 10
dekabridan kechiktirmay taqdim etiladi).
Oliy
ta‘lim
muassasalari
bitiruvchilari
bandligini
ta‘minlashdagi
hamkorlikning muhim yo‗nalishlari:
oliy ta‘lim xizmatlari iste‘molchilari-potensial ish beruvchi korxonalar,
tashkilotlar va muassasalar to‗g‗risida ma‘lumotlar bankini yaratish;
ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning bakalavriat
yo‗nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‗yicha kadrlarga bo‗lgan joriy
va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash;
ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan kadrlar
tayyorlash, ularni ishga taqsimlash va joylashtirish bo‗yicha o‗zaro hamkorlik
shartnomalarini tuzish;
potensial ish beruvchilarga taqdim etish maqsadida bitiruvchilar haqida
ma‘lumotlar bankini shakllantirish;
ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie,
elektron aloqa) orqali bitiruvchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni e‘lon qilib borish,
veb-saytlarga joylashtirish;
potensial ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‗sh
ish o‗rinlari (mehnat) yarmarkalari o‗tkazish.
Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, oliy o‗quv yurtlarini jahon andozalari
darajasiga ko‗tarish, xalq xo‗jaligining mutaxassislariga bo‗lgan talablarni ilmiy
baholash, yoshlarga sifatli ta‘lim berish va ularni tarbiyalashda ilg‗or xorijiy
tajribadan samarali foydalanish va ularning o‗z mutaxassisliklaridan kelib
chiqqan xolda bandligini ta‘minlash bugungi kunda eng muhim masalalardir,
chunki barkamol intellektual etuk avlodsiz buyuk kelajakni tasavvur etib
bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: