O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari ulmas Chariyevna Djurayeva



Yüklə 486,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü486,12 Kb.
#167012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
o-zbekistonda-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-siyosiy-huquqiy-mexanizmlari-va-chora-tadbirlari

XULOSA VA TAKLIFLAR.
Yuqoridagi ma’lumotlar va fikrlardan kelib chiqib, jamiyatimizda korrupsiyaga 
qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo‘yicha quyidagi takliflar bermoqchimiz: 

jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga 
qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha 
chora-tadbirlar oshirish; 

korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat 
organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan davlat organlari va 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
277 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida 
kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng 
foydalanish; 

ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat 
etish va lisenziyaga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish hamda ularning 
tezkorligini oshirish; 

davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning 
faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik; 

davlat 
organlari 
va 
tadbirkorlik 
sub’ektlari 
o‘rtasidagi 
o‘zaro 
munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish; 

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mazmun-
mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma’lumotlarini tayyorlash va keng 
tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop 
etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar); 

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televidenie, 
radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bag‘ishlangan 
dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa 
tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish; 

davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik sub’ektlarini va boshqa maqsadli 
guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv 
seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazish; 

ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish 
sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli 
shart-sharoitlarni 
hamda 
teng 
imkoniyatlarni 
yaratish, 
korrupsiyaga 
oid 
huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi 
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim bo‘yicha maxsus 
o‘quv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va 
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni 
yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ta’lim 
standartlariga kiritish; 

davlat organlari mutaxassislari va ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini 
o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi 
kurashish sohasida maxsus o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlarini olib borishni nazarda 
tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; 



Yüklə 486,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin