Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 276
w www.oriens.uz February 2022 Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish,
mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga
oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo
qilmoqda [9].
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi
tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimini takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi- tizimda olib borilayotgan
islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham
berishdan iboratdir.
2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi tashkil etildi [7]. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish
sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat
organi hisoblanib, prezidentga bo‘ysunishi va Oliy Majlis palatalari oldida
hisobdor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish,
mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga
oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda
bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni
keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257-
son Farmoni e’lon qilindi [8].