Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
277
w
www.oriens.uz
February
2022
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida
kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng
foydalanish;
ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni
bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat
etish va lisenziyaga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish hamda ularning
tezkorligini oshirish;
davlat organlarining nazorat-tekshiruv
vazifalarini maqbullashtirish, ularning
faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat
organlari
va
tadbirkorlik
sub’ektlari
o‘rtasidagi
o‘zaro
munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mazmun-
mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma’lumotlarini
tayyorlash va keng
tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop
etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar);
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televidenie,
radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bag‘ishlangan
dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni
va boshqa
tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish;
davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik sub’ektlarini va boshqa maqsadli
guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv
seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish
sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli
shart-sharoitlarni
hamda
teng
imkoniyatlarni
yaratish,
korrupsiyaga
oid
huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan idoraviy
korrupsiyaga qarshi
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim bo‘yicha maxsus
o‘quv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
kasb-hunar va
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni
yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ta’lim
standartlariga kiritish;
davlat organlari mutaxassislari va ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini
o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasida maxsus o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlarini olib borishni nazarda
tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;