Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 274
w www.oriens.uz February 2022 Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul
qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan
2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan
iborat [2].
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor
shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini
kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi
kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatiga
qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar
hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga
qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani
ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har
qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me’yorlar o‘z
aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin [2].
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi,
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy
axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro
hamkorlik mustahkamlab qo‘yilgan [4].
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga
qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson