O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish Cho’yanning olinishi



Yüklə 49,48 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü49,48 Kb.
#179853
1   2   3
O\'zbekistonda metallurgiya Cho\'yan va po\'lat ishlab chiqarish

Cho‘yanning xossalari. Domnalarda olingan cho‘yan 2—4,5 % C va oz miqdorlarda kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor tutadi. Cho‘yan temirdan qattiq, mo‘rt bo‘ladi, bolg‘alanmaydi.
Quyma va to‘yingan cho‘yanlar farqlanadi. Quyma cho‘yandan buyumlar tayyorlanadi. Òo‘yingan cho‘yandan po‘lat olinadi.


2-rasm. Cho’yan panjara.

Po’lat ishlab chiqarish. Xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan po‘lat, asosan, cho‘yanni qayta ishlab olinadi. Po‘lat olish jarayonining asosiy mohiyati cho‘yan tarkibidagi uglerodni kamaytirish hamda oltingugrt, fosfor, kremniy, marganeslarni iloji boricha yo‘qotishdan iboratdir. Buning uchun havo kislorodi yordamida temirning ma’lum bir qismi oksidlanib, temir (II)-oksidiga va hosil bo‘lgan temir (II)-oksidi yordamida cho‘yan tarkibidagi qo‘shimchalar oksidlanadi.
2Fe + O2 → 2FeO + Q
5FeO + 2P → 5Fe + P2O5 + Q
2FeO + Si → 2Fe + SiO2 + Q
FeO + Mn → Fe + MnO + Q
FeO + C → Fe + CO↑ + Q
Uglerod CO va CO2 gazlari ko‘rinishida chiqarib yuboriladi. Kremniy, marganes va boshqa metallarning oksidlari shlak tarkibiga o‘tadi.
Oltingugurt — cho‘yan tarkibida FeS ko‘rinishda bo‘ladi va u CaO yordamida CaS shakliga o‘tadi. Fosfor esa cho‘yan tarkibidagi fosforni oksidlanishida hosil bo‘lgan P2O5 ni ohak bilan ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan Ca3(PO4)2 shaklida shlak tarkibiga o‘tadi.

FeS + CaO = CaS + FeO


3CaO + P2O5 = Ca3(PO4)2

To‘yingan cho‘yandan po‘lat olish jarayoni kislorod konvertori, marten pechi yoki elektr yoyi pechlarida amalga oshiriladi (3- va 4- rasmlar).


Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi.


3-rasm. Marten pechi (kesmasi).



4-rasm. Kislorod Konvertori.


Po‘latning xossalari. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Legirlangan po‘latlar tayyorlashda po‘latning xossalarini kuchli tarzda o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan turli legirlovchi qo‘shimchalar: xrom, nikel, titan, molibden, vanadiy, volfram va boshqalar qo‘shiladi. Hamma po‘latlar umumiy bo‘lgan mustahkamlik va plas-
tiklik xususiyatlariga ega. Ularni bolg‘alash, yoyish, shtamplash, sim qilib cho‘zish mumkin. Po‘latlar texnikada ishlatilish sohalariga qarab, konstruksion, asbob-uskunabop turlarga ham bo‘linadi.



Yüklə 49,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin