O'zbekistonda sement sanqati


 Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandsementlar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
O\'zbekistonda sement sanoati

3. Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandsementlar 
 
Klinkerni plastifikatsiyalaydigan yoki gidrofoblovchi qo'shilma bilan birga 
mayda qilib tuyishdan hosil bo`ladigan gidravlik bog'lovchi moddalar tegishlicha 
plastifikatsiyalangan yoki gidrofob portlandsement deb ataladi. 
Plastifikatsiyalaydigan va gidrofob qo'shilmalar sement og'irligining (quruq 


63 
moddaga nisbatan hisoblaganda) 0,1-0,25 % miqdorida qo'shiladi. 
Plastifikatsiyalovchi sirt-faol qo'shilmalar sifatida standart talablariga binoan 
sulfit spirt bardasi (SSB)ning konsentrati xizmat qiladi. 
Sement zarrachalarining ustida gidrofil moddalarning adsorb-sion pardalari 
borligi beton qorishmasining bevaqt yopishib qolishiga (koagulyatsiyaga) 
to'sqinlik qiladi, shuningdek, sement zarrachalarining va to`ldirgichlarning qatlam-
qatlam bo'lib cho'kishini hamda qorishmadan suvning ajralib chiqishini 
kamaytiradi, ya'ni suv, shag'al, qum va sement qorishmasining alohida-alohida 
qatlamlanishiga yoi qo'ymaydi. 
Plastifikatsiyalangan sementdan tayyorlangan beton zich, sovuqqa chidamli 
va kam suv o'tkazuvchan bo`ladi. Bunday sement ishlatilganda 10% gacha 
bog'lovchi material tejaladi. 
Plastifikatsiyalangan sement 300, 400, 500, 600 markalarda chiqariladi. 
Portlandsement ochiq havoda ko'p qolib ketsa, uning markasi kun sayin 
pasayib boradi, chunki havodagi namlik sementdagi minerallar bilan qisman 
birikadi. Buning uchun sement klinkerini tuyish jarayonida uning 0,1-0,25 % 
miqdorida mahsus gidrofob moddalar qo'shiladi. Bunday qo'shilmalar sifatida 
quyidagi moddalar ishlatilishi mumkin: 
- atsidol 0,08 - 0,12 % miqdorda; 
- atsidol - milonaft 0,08 - 0,12 % miqdorda; 
- milonaft, sement massasidan 0,1- 0,25 % miqdorda; 
- olein kislota yoki oksidlangan petrolatum, 0,06 - 1 % miqdorda; 
- oksidlangan petrolatum, 0,3% miqdorda. 
Klinkerni tuyish jarayonida gidrofob moddalar sement zarrachasi yuzasini 
namlanmaydigan parda bilan qoplaydi. Shuning uchun uni uzoq vaqt havoda 
saqlash mumkin. Bu vaqt ichida uning mustahkamligi boshqa sementlar kabi 
kamayib ketmaydi. Gidrofob sementdan qorishma tayyorlanganda, qotish vaqtini 
1,5-2 daqiqa uzaytirish kerak, chunki sement zarrachalari sirtidagi gidrofob parda 
qum va shag'alning ishqalanishidan buzilib, suv bilan erkin ravishda birikishi 
lozim. Shuning uchun gidrofob sement uzoq saqlansa ham o'zining plastiklik 
xossasini yo'qotmaydi. 
Gidrofob portlandsementdan buyum tayyorlaganda uning zichligi yuqori 
bo'ladi, suv o'tkazuvchanligi kamayadi, sovuqqa chidamliligi esa 800-1000 siklga 
ortadi (oddiy portlandsement betonning sovuqqa chidamlilik markasi SCh-200-
300). Gidrofob portlandsement ham oddiy portlandsement kabi markalarda 
chiqariladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin