O'zbekistonda sement sanqati


 Oq va rangli portlandsementlar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
5. Oq va rangli portlandsementlar 
 
Oq portlandsement - tarkibida temir oksid (0,3-0,45 % gacha) bo'lgan oq 
klinkerni mayda tuyishdan hosil bo`ladigan gidravlik bog'lovchi modda. 
Klinkerni tuyish jarayonida 15 % gacha gidravlik yoki 10 % gacha inert 
qo'shilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha o'zgartirib turish 
uchun ko'pi bilan 3 % gips qo'shishga ruxsat etiladi. Gips va qo'shilma tuyilgandan 
so'ng bu sement belgilangan darajada oq bo`lishi kerak. 
Portlandsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga 
qarab har xil bo'ladi. Masalan, kalsiy silikatlar oq, C
3
S esa C
2
S dan oqroq bo`ladi 
va hokazo. Ayniqsa, uch kalsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa sementlardan 
ajralib turadi. To'rt kalsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli 
qoraroq bo`ladi. Shu sababli oddiy portlandsement kul rang-yashil bo`ladi. Demak, 
klinkerda uni bo'yovchi oksidlar, ayniqsa Fe
2
O
3
bo`lmasa bunday sement oq rangli 
bo`ladi. 
Shunday qilib, oq portlandsement ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, 


66 
tarkibida temir oksid bo`lmagan yoki juda oz miqdorda bo`lgan xomashyoni 
ishlatish. Bunday klinker tarkibida C
4
AF ham deyarli bo`lmaydi. Biroq maium 
kimyoviy tarkibli xomashyo ishlatishning o'zi oq portlandsement ishlab chiqarish 
uchun kifoya qilmaydi. Buyovchi oksidlar sementga yoqilg'i kulidan yoki tuyish 
jarayonida tegirmon sharlaridan yoxud tegirmonning poiat qoplamasidan o'tishi 
mumkin. Shuning uchun klinkerni pishirish paytida kulsiz suyuq yoki gazsimon 
yoqilg'i ishlatiladi. Klinker pishib bo’lgan zahoti uning oqligi oshiriladi. Buning 
uchun klinker qaytarish muhit ta'siriga uchratiladi. Shunda klinker tarkibidagi 
Fe
2
O

ko'rinishidagi temir oksid kamroq bo'yaydigan Fe
3
O
4
ga aylanadi va sement 
yanada oqaradi. Xomashyo aralashmasi va oq sement klinkeri mahsus qattiq kam 
yoyiladigan po`lat yoki chinni plitalar qoplangan zoldirli tegirmonlarda 
maydalanadi. 
Oq portlandsement oqlik darajasiga qarab uch navga bo`linadi. Oliy nav, 
OS-1, OS-2 (OS-oq sement). Turli nav sementning oqlik darajasi kamida quyidagi 
talablarga mos bo`lishi kerak. 1-nav - 76 %, 2 nav - 72%, oddiy portlandsement - 
40% gacha. 
Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko'ra, qaytarish 
koeffitsiyenti 96,3 % dan kam boimagan bariy sulfat (BaSO
4
) oqlik andozasi 
hisoblanadi. Uch kalsiyli silikat klinkerda ko'p miqdorda boisa, oq 
portlandsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida pq dogiar yoki sho'ra hosil 
boiishi mumkin. Bu C
3
S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga 
yoi qo'ymaslik uchun oq portlandsement, ohakni kam eriydigan kalsiy 
gidrosilikatga aylantirish maqsadida 5-10% juda faol gidravlik qo'shimcha 
qo'shiladi. 
Klinker tarkibida ko'p miqdorda C
3
S va C
3
A boigani uchun oq sement tez 
mustahkamlana boradi hamda ko'proq kirishish xossasiga ega bo`ladi. Bu sement 
400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. 
Oq portlandsement klinkeriga gips, diatomit (marmar yoki bo'r) va mineral 
pigmentlar (suvda va organik eritmalarda erimaydigan mayda tuyilgan rangli 
kukunlar pigmentlar deb ataladi) birga qo'shib tortish yo`li bilan rangli sementlar 
olinadi. Jumladan, qo'shilmalar sifatida oxra (sariq yoki qizil tusli mineral buyoq), 
temir, surik (qizil yoki qizg'ish-jigarrang beruvchi mineral), marganes rudasi 
(jigarrang), ultramarin (havo rang) va shu kabilar qo'shish mumkin. Oq va rangli 
sementlar sun'iy marmar tayyorlashda ham ishlatiladi. 
Rangli sementlar yana quyidagi yoi bilan ham olinadi. Bo'yovchi oksidlar 
(xrom, marganes, kobalt, nikel, mis oksidlar) xomashyo aralashmasiga 
aralashtirilib, yashil, havorang, qora, jigarrang, sariq va boshqa turdagi rangdor 
klinkerlar olinadi. Mineral tarkibiy tuzilmasiga turli oksidlarning birikishi tufayli 
olingan rangli klinker tortilib yaltiroq, tekis va turg'un rangga ega bo`lgan sement 
tayyorlanadi.
Pardozlash materiallari o'zining tabiati va texnikaviy xossasiga ko'ra 
konstruktiv betonga yaqin tursa ham yig'ma uy-joy qurilishlaridagi pardozlash 
ishlarini mexanizatsiyalashga qulay imkon yaratadi. Ular bir xil tipdagi texnologik 
jarayonlar va asbob-uskunalarni ishlatish hamda uzoq muddatga chidamli rangli 
konstruksiyalar 
olish 
imkonini 
beradi. 
Shu 
jihatdan 
oq 
va 
rangli 


67 
portlandsementlarni eng yuqori unumli pardozlash materiallaridan biri deb 
hisoblash mumkin. Chunki bu oddiy portlandsementning ko'rinishlaridan biri 
bo`lib, oq va turli ranglarni o'zida mujassamlashtirgan hamda yuqori darajadagi 
mustahkamlikka ega bo`lgan sementdir. 


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin