O'zbekistonda sement sanqati


 Tez qotuvchan portlandsement



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

2. Tez qotuvchan portlandsement 
Jadallik bilan o'sib borayotgan sanoat qurilishi talabini to'la qondirish uchun 
zavodlar oldiga tayyor beton elementlarini ko'plab ishlab chiqarish vazifasi 
qo'yildi. Bunga esa o'z navbatida portlandsementni juda maydalab tuyish va 
tarkibidagi faol minerallarni ko'paytirish yo'li bilan erishiladi. Bunday portland-
sement 1-3 kun ichida mustahkamlanishi bilan oddiy portlandsementlardan farq 
qiladi. Bunday sement ishlatilganda, yig'ma konstruksiya ishlab chiqarish 
texnologik jarayonining muddati ancha qisqaradi va korxonaning ishlab chiqarish 
unumdorligi ortadi. 
Bir-ikki kun ichida ochiq joyda mustahkamligi yetarli darajada ortadigan 
bogiovchi modda tez qotuvchan sement deb ataladi. Uning bir kundan keyin 
siqilishga mustahkamligi 20 MPa bo'lsa, uch kundan keyingisi 30 MPa gacha 
ko'tariladi. Bunday sement konstruksiyalar yoki buyumlar tayyorlashda, 
shuningdek, bugiash uchun sharoit bo'lmagan joylarda ishlatiladi. Tez qotuvchan 
sement olish uchun tarkibida 50 - 60% uch kalsiy silikat (C
3
S), 8 - 14 % uch kalsiy 
alyuminat (C
3
A) bilan to'rt kalsiy alyumoferrit (C
4
AF) hamda 8 % qurilish gipsi 
qo'shilgan sement klinkeri ishlatiladi. Qo'shiladigan qurilish gipsi zarur miqdordan 


61 
oshmasligi kerak, aks holda, buyum yoki konstruksiyada darzlar hosil boiishi 
mumkin. 
Yuqorida aytilganidek, gips sement tarkibida uning tishlanish muddatini 
sekinlatibgina qolmasdan, sementning dastlabki qotish davrida uning yanada 
mustahkamlanib borishida ham faol ishtirok etiladi: gips bilan C
3
A o'zaro ta'sir 
etishidan hosil boigan kalsiy gidrosulfoalyuminat sement betonlarning yana ham 
mustah-kamlanishiga yordam beradi. Bu vaqtda eng muhim sharoitlardan biri 
shuki, kalsiy gidrosulfoalyuminat hosil bo'lish jarayoni sementning birinchi qotish 
kunlaridayoq tugashi mumkin (aks holda beton yemiriladi). 
Kalsiy gidrosulfoalyuminatning hosil boiish tezligi sementning qanchalik 
mayda tuyilganligi va gipsning erish darajasiga, erish darajasi esa o'z navbatida 
uning modifikatsiyasiga bogiiq. Gips qo'shilma sifatida yarim molekula suvli 
CaSO
4
• 0,5H
2
O yoki ikki molekula suvli CaSO
4
• 2H
2
O ko'rinishda ishlatiladi. 
Birinchisining eruvchanligi ikkinchisinikiga nisbatan 5 marta ko'p. Demak, 
sementga yarim molekula suvli gips qo'shish ko'proq foydali ekan. 
Zavod sharoitida ikki molekula suvli gips ishlatish mumkin. Sementni shar 
tegirmonlarda tuyganda u juda qizib ketadi va shu issiqlik ta'siridan ikki molekula 
suvli gips suvsizlanib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi. Gips qo'shimcha 
ravishda tuyilgan sementga qo'shilsa, masalan, ikkinchi marta tuyganda (amalda 
yig'ma temir-beton zavodlarida shunday qilinadi) yarim molekula suvli gips 
qo'shgan ma'qul. 
Biroq sement zavodlarida hamma vaqt tarkibida C
3
S va C
3
A aralashmasi 
ko'p bo`lgan sement ishlab chiqarib boimaydi, bu xomashyo sifatiga, yoqilg'i va 
texnologik jarayonni tashkil etishga bog`liq. Sementni juda maydalab tuyish ham 
iqtisodiy jihatdan foydali emas. Ammo shu bilan birga, temir-beton buyumlari 
zavodlarida, ayniqsa, oldindan zo'riqtirilgan temir-beton buyumlar ishlab chiqarish 
uchun tez qotadigan sement kerak bo`ladi. Bunday sharoitlarda sement 
vibrotegirmonlarida yana bir marta tuyib olinadi. 
Yig'ma temir-beton ishlab chiqarishda ishlatiladigan sementlarning 
Jiammasi vibrotegirmonlarda tuyiiishi mumkin. Toshqol portlandsementlarni qayta 
tuyish ayniqsa yaxshi foyda beradi. 
Sement titratma qurilmada qayta tuyilsa, yaxshi mustahkamlana borishi 
bilan birga, markasi ham ortadi. Masalan, 400 markali sement qayta tuyilsa, 600 
markali sement hosil bo`ladi. 
Sementning tez qotuvchanligi, birinchidan, uning mineralogik tarkibiga, 
ikkinchidan, klinkerning maydalanish darajasiga bogiiq. Klinker qanchalik mayda 
qilib tuyilsa, olingan sement shuncha tez qotuvchan bo`ladi. Shu sababli tez 
qotuvchan sement olishda uning maydalik darajasini ifodalovchi solishtirma 
yuzasini 350-450 m
2
/kg gacha yetkazish kerak (oddiy portlandsementning 
solishtirma yuzasi 250-300 m
2
/kg). 
Tez qotuvchan sement olish uchun I.V. Smirnov va B.V. Osin 
portlandsementga 1,2-2 % xlorid kislota (HC1) va 10-15 % qaynovchi ohak 
qo'shib, solishtirma yuzini 400 - 500 m
2
/kg ga yetkazishni taklif etdilar. 
Sement zarrachalari qancha kichik bo`lsa, uning erish va gidratlanish 
jarayoni shunchalik tezlashadi. Masalan, sement zarrachalarining kattaligi 10 mkm 


62 
boisa, bunday sementdan tayyorlangan namunaning uch kundan keyingi 
mustahkamligi, yirikligi 60 mkm bo`lgan sementnikiga nisbatan 7 marta katta 
bo`ladi. Sement maydaligining uning mustahkamligiga ta'siri 7-jadvalda berilgan. 
7-jadval. 
Sement maydaligining mustahkamlikka ta'siri. 
Solishtirma 
yuzi m
2
/kg 
Siqilishdagi mustahkamlik, MPa
mustahkam 
Kk, MPa 

kundan 
keyin 

kundan 
keyin 
28 
kundan 
keyin 

oydan keyin 
12 oydan keyin 
188 
8,4 
26 
53 
52 
69 
210 
14,5 
28 
40 
60 
72 
300 
14,7 
34 
57 
61 
72 
400 
21,5 
46 
59 
61 
69 
500 
28 
40 
54 
60 
74 
Tez qotadigan sementlar metall qoliplarni tez bo'shatishga imkon beradi. 
Ayrim vaqtlarda esa issiq ishlov berishdan ham ozod qiladi. 
Maxsus tez qotuvchan portlandsement ham mavjud. U tez qotuvchan 
portlandsementga nisbatan yana ham jadalroq qotadi. Bunday sement tarkibida 
kamida 60 - 65% C
3
S va 8 % C
3
A bo'Igan klinkerni gips ishtirokida o'ta mayda 
tuyish (400-450 m
2
/kg) orqali olinadi. O'lchamlari 30 mkm bo`lgan 
zarrachalarning umumiy miqdori kamida 50-60 %, ba'zan 80 % gacha bo`lishi 
kerak. Standartga ko'ra bu sementga mineral qo'shilmalar qo'shilmaydi. 
Maxsus tez qotuvchan sementning tishlashish muddatlarini yaxshilash uchun 
ko'p miqdorda gips qo'shiladi (SO
3
hisoblaganda kamida 4 % gacha ). Sement tez 
tishlashib qolmasligi uchun uni tuyish paytida haroratning o'ta ko'tarilib ketishiga 
yoi qo'ymaslik kerak. 
GOST 310-85 ga ko'ra maxsus tez qotuvchan portlandsementning 
mustahkamligi 1, 3, 28 sutkadan keyin 30, 40 va 50-60 MPa ni tashkil qilishi 
kerak. 
Hozirgi kunda oddiy portlandsement klinkerni sulfoalyuminat klinkeri bilan 
birga tuyish orqali bundan ham tez qotuvchan va yuqori mustahkamlikka ega 
bulgan sementlar olinadi. 28 sutkadan so'ng bunday sementlarning markasi 700-
800 ni tashkil qiladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin