O'zbekistonda sement sanqati


Avtoklav materiallar texnologiyasida kechadigan fizik-kimyoviy



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
2. Avtoklav materiallar texnologiyasida kechadigan fizik-kimyoviy 
jarayonlar 
 
Avtoklav materiallar texnologiyasida kalsiy gidrosilikatlar hozircha birinchi 
darajali ahamiyat kasb etmoqda. Aslida esa avtoklav qurilish materiallari ishlab 
chiqarish kalsiy gidrosilikatlarning texnik sinteziga asoslanadi. 


57 
Hozirga qadar kalsiy gidrosilikatlarning 28 turi, jumladan, 11 ta tabiiy 
minerali ma'lum. Bundan tashqari, hali tarkibi aniqlanmagan bir qancha fazalar 
ham bor. 
Gidrosilikatlar suvda deyarli erimaydi (22-jadval). Kalsiy silikatlar 100°C 
dan past haroratda gidratatsiyalanganda yaxshi kristallanmagan yangi hosilalar 
vujudga keladi; bunga qotgan sement xamiri misol boia oladi. Muayyan kalsiy 
gidrosilikat kristallarini hosil qilish uchun kerakli aralashma tarkibi hamda o'ziga 
xos gidrotermal sharoitlar boiishi kerak. Shuni ta'kidlash lozimki, bunda tajriba 
ba'zan 1000 soat davom etadi, harorat esa 500 - 1000°C ga yetadi. Shunga 
qaramay, kalsiy gidrosilikatlar kristallarining kattaligi, odatda, 10-30 mkm bo`ladi, 
bu ho`l ularning tarkibi, tarkibiy tuzilishi va xossalarini o'rganishni mu-
rakkablashtirib yuboradi. N.V.Belov bir qancha kalsiy gidrosilikatlarning 
xossalarini (ksonotlit, gillebrandit, tobermorit va boshqalar) izohlab berdi. 


58 
Mavzu: 

Portlandsmentning mustahkamligi. 
Smenttosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik emiruvchi
omillar ta’siriga chidamliligi. 
 
Reja: 
1.Portlandsementning mustahkamligi 
2. Sementtosh va betonlarning kimyoviy hamda fizik yemiruvchi
omillar ta`siriga chidamlilgi
 
Portlandsementning pishiqligi namunalarning siqilishdagi va egilishidagi 
mustahkamlik chegerasi bilan ifodalanadi. Markalar o`lchami 4x4x16 sm bo`lgan 
tayoqchalarning esa egishdagi mustahkamlik chegarasiga, yarim tayoqchalarining 
siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab belgilanadi. Bu namunalar og` irlik 
bo`yicha 1:3 nisbatda tayyorlangan plastik sement qorishmasidan yasalib, 28 kun 
qotiriladi va shundan keyin sinaladi. 
28 kun qotirilgan namunaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
sementning faolligi deb ataladi, marka shu ko`rsatkichga qarab belgilanadi. Agar 
sementning faolligi 54,6 MPa bo`lsa, uning markasi 500 qilib belilanadi. 
Sementning mustahkamligidan mumkin qadar to`la foydalanish uchun uning 
faolligini hisobga olish kerek. 
Portlantsement uchun 300, 400, 500, va 600 markalar belgilangan.
Qotayotgan portlandsementning mustahkamligi vaqt bo`yicha bir tekis 
ortmaydi. Portlandsementdan tayyorlangan beton 3 kun davomida qotgandan so`ng
uning mustahkamligi shu marka uchun belgilangan 28 kunlik mustahkamlikning 
yarmiga yetadi, mustahkamlikning qolgan yarmiga esa 25 kundan keyin erishiladi. 
Biroq portlandsement asosida tayyorlangan betonning 28 kunda erishilgan 
mustahkamligi boshqa xil gidravlik bog`lovchi moddalardan tayorlangan
betonlarniki kabi oxirgi mustahkamlik bo`lib hisoblanmaydi, u eng yuqori 
mustahkamlikning o`rta hisobda 50% ni tashkil etadi. Qulay sharoitda bir necha yil 
davom etgan mustahkamlanish shu markaga xos mustahkamlikdan ba’zan bir 
necha marta ortiq bo`lishi mumkin.
Qotishmaga qo`shiladigan suv miqdori va sementning mayda-yirikligi 
portlandsementning mustahkamligiga ta’sir etadi. Sement qotishmasiga suv qancha 
ko`p qo`shilsa, undan tayyorlangan namunaning mustahkamligi shuncha past 
bo`ladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin