O'zbekistonda sement sanqati


 Portlandsement ishlab chiqarish usullari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

2. Portlandsement ishlab chiqarish usullari 
 
Portlandsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo'linadi: 
1.Klinker 
ishlab 
chiqarish 
(portlandsementning 
chala 
mahsulotini 


49 
tayyorlash). 
2.Klinkerni qo'shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish). 
Birinchi jarayon juda murakkab bo'lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan 
bog'liq. Shuning uchun hamma vaqt portlandsement asosini tashkil etuvchi 
klinkerni tejash kerak. Chunki portlandsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan 
jami xarajatning ko'p qismi (70-80%) klinker qiymatini tashkil etadi. 
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik 
jarayonlar bajariladi: 
1.Ohaktosh va gil qazib olinadi. 
2.Xomashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi. 
3.Yoqilg'i tayyorlanadi. 
4.Xomashyo materiallari kuydiriladi. 
Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi 
texnologik jarayonlar mavjud: 
1.Qo'shilmalar tayyorlanadi. 
2.Klinker qo'shilmalar bilan birga tuyiladi. 
3.Portlandsement omborga joylanadi. 
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil 
qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday 
aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil 
va to'g'rilovchi qo'shilmalar) ning hammasi mayda qilib tuyiladi va yaxshilab 
aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materiallar maydalab tuyilsa, 
xomashyo aralashrnasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o'zaro yaxshi 
ta'sirlashadi. Xomashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda 
klinkerda ta'sir etishmay qolgan moddalar deyarli bo'lmaydi. Bu vaqtda hamma 
oksidlar minerallar holida bog'langan bo'ladi. 
Mayda. qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab 
aralashtirilishi 
mumkin. 
Xomashyo 
materiallari suv 
bilan tayyorlansa, 
portlandsement ishlab chiqarish «ho`l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa, 
«quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy 
xarakterdagi bir qator omillarga bog'liq (chizmaga qarang). 
Garchi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo'lsa 
ham, hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiyada va AQSHda ho'l 
usul, quruq usul esa Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi 
kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko'proq qo'Uashga moyillik salmoqli 
o'rin olmoqda. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin