O'zbekistonda sement sanqati


 Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xomashyo



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

3. Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xomashyo 
 aralashmasini tayyorlash. 
 
Ohaktosh bilan gil, odatda, sement zavodi yaqinidagi konlardan qazib 
olinadi. Ohaktosh portlatish yordamida qazib olinadi va vagonetkalar, platformalar 
yoki yukni o'zi ag'daradigan mashinalar samosvallarda tashiladi. 
Gilni qazib olish uchun bir cho'michli (kamdan-kam hollarda ko'p 
cho'michli) ekskavatorlar ishlatiladi. Gil ham ohaktosh singari tashiladi. Ayrim 


50 
vaqtlarda bu maqsadlar uchun gidro-transportdan foydalaniladi. 
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan transportlardan tashqari, mahalliy sharoitlarga 
qarab, lentali transportyorlar (kon 1 km gacha, ba'zan esa 5-8 km gacha uzoqda 
bo'lsa) yoki zavod bilan kon orasi past-baland bo'lsa, osma sim-arqon yo'llardan 
foydalansa ham bo'ladi. 
Qazib olinadigan xomashyo narxi turli korxonalarda bir-biridan farq qiladi. 
Tashish xarajatlari esa xomashyo umumiy sarfming 60 % ini tashkil etadi. 
Yog'ingarchilik va sovuq kunlari yoki uskuna va transport vositalari 
buzilgan vaqtlarda ish to'xtab qolmasligi uchun zavod hovlisida ohaktosh va gil 
zaxiralari bo`lishi kerak. Buning uchun qo`shimcha yuklash va tashish ishlarini 
bajarish lozim,bu esa iqlimi keskin o`zgaradigan sharoitlarda zavidning me`yoriy 
ish tartibini ta`minlaydi. 


51 
Mavzu: Portlandsementning qotishi, xossalari va ishlatilishi.
 
Reja: 
1. Sementning suv bilan birikishi va hosil bo'lgan mahsulotlarning 
kimyoviy tarkibi. 
2. Avtoklav materiallar texnologiyasida kechadigan fizik-kimyoviy 
jarayonlar 
Portlandsement klinker, gips, faol mineral (gidravlik), shuning-dek, boshqa 
qo'shilmalar aralashmasidan iborat bo'ladi. Bu moddalar portlandsementning qotish 
jarayonida va sementtosh tarkibiy tuzilmasining o'zgarishida ma'lum darajada 
ishtirok etadi. Ammo yuqorida aytib o'tilganidek, portlandsementning sifat 
ko'rsatkichlari asosan klinker miqdoriga ko'ra aniqlanadi. Ko'rsatilgan jarayonlarda 
maydalangan klinkerning suv bilan o'zaro ta'sir etishi ayniqsa qatta ahamiyatgaega. 
Maydalangan sement klinkeri hech qanday aralashmasiz yoki qum yoxud 
qum va shag'al bilan suvda qorilganda, vaqt o'tishi bilan tishlashib, tobora 
mustahkamlana boradigan va toshsimon holatga o'tadigan sementtoshga, 
qorishmaga va betonga aylanadigan plastik xamir, qorishma va beton hosil bo`ladi. 
Yangi hosil bo'lgan kimyoviy birikmalarning tarkibi sementlarning 
kimyoviy va mineralogik tarkibiga, shuningdek, reaksiya ketayotgan muhitda 
haroratning o'zgarishiga bog'liq. Ma'lumki, oddiy portlandsementning klinker 
qismi quyidagi fazalardan iborat (% hisobida): 
Murakkab tarkibli portlandsementning suv bilan birikishini va yangi hosil 
bo'gan mahsulotlarning sement fizik-mexanik xossalariga ta'sirini aniq bilish uchun 
uning har bir komponenti suv bilan reaksiyaga kirishishini ko'rib chiqib, so'ngra 
murakkab jarayon haqida to'la tushunchaga ega bo'lishi mumkin. 
Alit-klinkerda Al
2
O
3
va MgO qo'shimchasi bilan birga uchraydigan C
3
S ning 
qattiq eritmasi suv bilan reaksiyaga kirishganda atrof-muhitning haroratiga va 
kalsiy gidroksidning konsentratsiyasiga bog`liq holda turli gidrosilikatlar hosil 
qiladi. 
Odatdagi harorat va Ca(OH)
2
ning eritmadagi konsentratsiyasida CaO 
hisoblansa, uning miqdori 0,05-1,1 g/1 gacha bo'lganda, ma'lumotlarga ko'ra, C
3

ning gidratatsiyasi tufayli kam darajada kristallangan o'zgaruvchan tarkibli
CaO
0,8-1,5
• SiO
2
• H
2
O
2,5-1
gidrosilikatlar hosil bo'ladi. Eritmada Ca(OH)
2
ning 
konsentratsiyasi qancha kam bo`lsa, hosil bo'lgan gidrosilikatlarning asosligi 
shuncha past bo'ladi. Bunday gidrosilikatlar Bogg - CSH(B) ko'rinishidagi umumiy 
formula bilan yoki Teylor - CSH(l) bilan belgilangan. 


52 
Eritmada Ca(OH)
2
ning konsentratsiyasi to'yingan va o'ta to'yingan, 
Ca(OH)
2
ning eruvchanligi oshadigan (ayniqsa, past haroratda) darajaga yetganda 
(masalan, 10° C da CaO ning miqdori 1,25g/1) C
3
S metastabil tarkibli gidrosilikat 
CaO
1,5-2 
• SiO

• nH
2
O ga aylanadi. 
Bogganing fikricha, u C
2
SH
2
formulasi bilan, Teylorning fikricha, C
2
SH(II) 
bilan belgilanadi. Biroq qotuvchi sement xamiri aralashmasining harorati 30—
50°C ga yetganda, shuningdek, Ca(OH)
2
ning eruvchanligini kamaytiruvchi 
eritmada ishqorlarning borligi asosan 3CaO • 2SiO
2
• 3H
2
O tarkibli 
gidrosilikatlarni hosil qilishga imkon beradi. Bu birikma CSH(B) guruhiga 
taalluqlidir. Shuning uchun yaxshi kristallangan tobermorit C
5
S
6
H
5
ham shu 
guruhga kiradi. 
Agar sement xamirida asosan 3CaO • 2SiO
2
• 3H
2
O hosil bo`ladi, deb farz 
qilsak, u holda C
3
S ning suv bilan reaksiyasi quyidagicha yoziladi: 
2(3CaO • SiO
2
)+6H
2
O=3CaO • 2SiO
2
• 3H
2
O+Ca(OH)
2

Ko'rinib turibdiki, bu reaksiyada uch kalsiyli silikat gidrolitik parchalanish 
natijasida ko'p miqdorda erkin kalsiyli gidrat oksid hosil bo`ladi. Bu gidrat 
sementoshning tarkibiy tuzilishini o'zgartirish bilan birga, uning suvda 
yemirilishini tezlashtiradi. Bu holning oldini olish usuli quyida bayon etilgan. 
CSH(B) guruhidagi kalsiy gidrosilikatlar qatlami kristallik tarkibiy 
tuzilishga ega bo'lib, turli miqdorda H
2
O molekulalarini (2; 5; 1; 0,5) qator orasida 
ushlab turadi. Bu suv esa kristali tekisliklari orasidagi bo'shliqdan bugianib ketishi 
va yana singib kirishi mumkin. Natijada kristallik tur kirishadi va suv singib 
kirganda shishadi. 2 - 2,5 molekula suvli gidrosilikatlar odatdagi va bir oz harorat 
ko'tarilganida ham barqaror turadi. Harorat 100°C atrofida bo`lganida gidrat 
suvning miqdori bir molekulagacha kamayadi, harorat 250°C gacha ortsa, suv 
molekulasi 0,5 qoladi. 450 - 500°C haroratda gidratning tarkibiy tuzilishi 
o'zgarmasdan, gidrosilikatlarning toia suvsizlanishi boshlanadi. 700 - 800°C da to'r 
o'zgarib anchagina kirishadi va natijada B - vollastonit hosil bo'ladi. 
CSH(B) va C
2
SH
2
guruhidagi gidrosilikatlar qalinligi 20-30 A ikki-uch 
molekula qatlam atrofida, kengligi 400 - 500 A , o'rtacha uzunligi 1 mkm ga yaqin 
juda yupqa barg kabi hosil bo`ladi. Yangi mahsulot zarrachalarining solishtirma 
sathi: ikki qatlamning qalinligi 376 m
2
/g, uch qatlamning qalinligi 252 m
2
/g. 
Ko'p ma`lumotlarga ko'ra, yangi mahsulotlarning, ayniqsa, yuqori 
asoslilarining tarkibi C/S nisbat (ko'pi bilan 1,3) bilan ifodalansa, ichi bo'sh tola 
kabi o'ram - rulonga aylanishga moyil boiib qoladi. Tolaning ichki va tashqi 
sathiga adsorbsiya kuchlari ta'sirida turli tezlik bilan ushlanib turgan suv 
molekulalari joyiashadi. Vakuum yoki qizdirish vaqtida suv bu oraliq 
(bo'shliq)lardan asta-sekin bug`lana boshlaydi. Kristallar tarkibiga kiruvchi va to'r 
qatlari orasiga joylashgan hamda oldindan qo'shimcha valentliklar bilan birikkan 
suv molekulalari juda katta qiyinchilik bilan bartaraf etiladi. 
CSH(B) va C
2
SH
2
gidrosilikatlarni muntazam ravishda suv bilan ishlansa, 
Ca(OH)
2
erib yuvilishi hisobiga ular to`la parchalanadi. Yuvilmay qolgan qattiq 
qism asosan g'ovak holatdagi suvli qumtuproqdan iborat bo`ladi. 
C
3
S ning 50-100°C haroratdagi gidratlanishi yuqorida aytib o'tilgan CSH(B) 
va 
qisman 
C
2
SH
2
tipdagi 
kalsiy 
gidrosilikatlarni 
hosil 
qiladi. 
Shu 


53 
gidrosilikatlarning Ca(OH)
2
konsentratsiyalari ma'lum miqdorga yetganda belit 
ham hosil qiladi. Bu holda gelsimon CSH(B) va C
2
SH
2
bilan birga Ca(OH)
2
ham 
hosil bo`ladi, ammo uning miqdori C
3
S gidratatsiyalangandagiga nisbatan kam 
bo`ladi. Bu reaksiya mahsuli tarkib jihatdan C
3
S gidrolizi natijasida hosil 
bo`ladigan gidrosilikatlarga o'xshash. 
Zamonaviy ma`lumotlarga ko'ra, C
2
S ning 175-200°C haroratdagi 
gidratatsiyasi Ca(OH)
2
; C
2
SH
2
; C
2
SH(A); [(1,8-2,4) CaO • SiO
2
( 1 - 1,25) • H
2
O)] 
lardan iborat turli mahsulotlarni va uch kalsiyli gidrosilikat C
3
SH
15
ni hosil qiladi. 
Ko'rsatib o'tilgan gidrosilikatlaming qaysisi ko'p hosil bo'lishi haroratga, issiq-nam 
sharoitda ishlov berishning vaqtiga va boshqa faktorlarga bog'liq. 
B - ikki kalsiy silikat 160°C haroratgacha qizdirilsa, gidratatsiya jarayonida 
C
2
SH
2
ni hosil qiladi. Bu birikma yana yuqoriroq issiqliklarda C
2
SH(A) ga, Teylor 
nazariyasi bo'yicha esa C
2
- gidratiga o'tadi. 
C
3
S va C
2
S ning kvars qumi bilan 10:30 va 50:50 nisbatdagi aralashmasi 
175-200°C haroratda 8-10 soat davomida issiq-nam sharoitda ishlov berilganda 
CSH(B), qum kam bo'lganda CSH(B) bilan birgalikda C
2
SH(A) hosil bo'ladi. 
CSH(B) tipdagi gidrosilikatlar 150-200°C haroratda 10-20 monomolekulalar 
qalinligidagi plastinkadan iborat bo'ladi. Bu esa yangi mahsulotlarning oddiy 
haroratda hosil bo'lgandagisiga nisbatan solishtirma sathini juda ham kamaytirib 
yuboradi. Kristallanish darajasi ancha ortadi. 
Uch kalsiy alyuminat C
3
A odatdagi sharoitda maydalanganda oldin 
metastabil geksagonal plastinkasimon birikma - 3CaO • A1
2
O
3
• (10-12) H
2
O hosil 
bo'ladi. Ammo bu modda ikki kalsiy va to'rt kalsiy gidroalyuminatlarning 
ekvimolyar nisbatdagi aralashmasidan iborat, deb taxmin qilinadi. Bu faza nisbatan 
past haroratlarda va namlik kamroq bo'lgan muhitda bir qism gidrat suvini 
yo'qotadi (10-8 H
2
O gacha), 105°C haroratda gidrat suvning miqdori (6-8 H
2

gacha) kamayadi. Suv eritmasidan Ca(OH)
2
ning konsentratsiyasi ko'pi bilan CaO 
hisobida 1,08 g/1 bo'lsa, yuqorida ko'rsatilgan faza asta-sekin 4CaOAl
2
O
3
• 13H
2

ga aylana boshlaydi. 
To'rt kalsiy gidroalyuminat 19H
2
O holida ham hosil bo'lishi mumkin. Biroq 
nisbiy namligi 80% atrofida bo'lgan muhitda gidrat suvining miqdori 13H
2
O gacha 
kamayadi, bu esa gidratning kirishuviga sababchi bo'ladi. 
25°C haroratdan yuqorida geksagonal plastinkasimon faza C
3
AH
12
, 105° C 
da barqaror kubiksimon 3CaO • A1
2
O
3
• 6H
2
O ga o'tish qobiliyatiga ega bo'ladi. 
275°C va undan yuqori haroratda bu birikma 3CaO • A1
2
O
3
• 1,5H
2
O ga aylanadi. 
Eritmada CaO ning konsentratsiyasi kamida 0,25-0,35 g/1 va harorat 20°C 
ga yaqin bo'lganda 3CaO • A1
2
O
3
• 6H
2
O parchalanib, Ca(OH)
2
va Al(OH)
3
,
- gibbsitlar hosil bo'ladi. C
3
A avtoklavlarda issiq suv bilan ishlanganda 215°C 
gacha barqaror 3CaO • A1
2
O
3
• 6H
2
O ga o'tadi.
C
3
A ning mayin qilib tuyilgan kvars qum bilan aralashmasiga (masalan, 
og'irligi bo'yicha 1:1 nisbatda) avtoklavda (175-200°C) ishlov berilsa, umumiy 
formulasi 3CaO • A1
2
O
3

xSiO
2
• (6-2x) H
2
O ko'rinishidagi gidrogranat va 
tobermorit [CSH(B)] hosil bo'ladi. Odatda x=0,3 - 0,5. Toza C
3
A shunday avtoklav 
ishlovidan so'ng mustahkamlikka deyarli ega bo`lmaydi, uning qum bilan 
aralashmasi esa katta mustahkamlik kasb etadi. 


54 
C
3
A suv va gipsning turli modifikatsiyalari ishtirokida odatdagi haroratda 
gidratlanib gidrosulfoalyuminat deb ataluvchi kompleks birikma 3CaO • A1
2
O
3
• 
3CaSO
4
(30-32)H
2
O hosil qiladi. Bu birikma gidrosulfoalyuminatning yuqori 
sulfatli shakli deb ham ataladi. U, odatda, Ca(OH)
2
ning to'yingan eritmasidan 
quyidagi reaksiya bo'yicha hosil bo'ladi: 
3CaO • Al
2
O
3
+3CaSO
3
• 2H
2
O+25H
2
O= 3CaO • A1
2
O
3
• 3CaSO
4
• 31H
2
O. 
Tabiatda uchraydigan bunday tarkibli mineral modda ettringit deb ataladi. 
Ca(OH)
2
va 
kalsiy 
sulfatning 
past 
konsentratsiyalarida 
asosan 
gidrosulfoalyuminatning bir sulfatli shakli hosil bo'ladi. U ko'pincha 4CaO • A1
2
O
3
• 13H
2
O bilan qattiq eritma hosil qiladi, uning formulasi quyidagicha: 
3CaO • A1
2
O
3
• Ca(OH)
2
• 12H
2
O. 
Suvli eritmalarda kalsiy oksidning miqdori 0,027 g/1 dan kam bo'lsa, uch 
sulfatli shakldagi gidrosulfoalyuminat barqaror boimaydi. 
70-110°C haroratda uch sulfatli shakldagi gidrosulfoalyuminat awalgi 
suvning miqdori 8-10 H
2
O bo'lguncha degidratlanadi, so'ngra bir sulfatli shakli va 
gips hosil bo'lguncha parchalanadi. Gidrosulfoalyuminatlarning ikkala shakli ham 
avtoklav ishlovida (175-200°C) C
3
AH
6
, yarim molekula suvli gips va angidrid 
hosil qilib parchalanib ketadi. Uch sulfatli shakl magniy sulfat va ishqoriy 
karbonatlar ta'sirida parchalanadi, ammo natriy va kalsiy xlor tuzlarining 
eritmasida barqaror turadi. Uch sulfatli shaklning zichligi 1730 kg/m
3
(25°C 
haroratda), bir sulfatli formaning zichligi esa 1950 kg/m
3
(20°C haroratda). 
Birinchisi ko'pincha ninasimon ko'rinishdagi kristallar, ikkinchisi geksagonal 
plastinkalar holida hosil bo'ladi. 
Tarkibi va tarkibiy tuzilishuiga ko'ra, gidrosulfoalyuminatlarga o'xshash 
boshqa sulfo-, karbo-, xloralyuminat deb ataluvchi kompleks birikmalar ham bor, 
ular quyidagilar: 3CaO • A1
2
O
3
• CaSO
3
• 12H
2
O; 3CaO • A1
2
O

• 3CaSO

• 
31H
2
O - gidrosulfoalyuminat, 3CaO • A1
2
O

• CaCO

• 12H
2
O; 3CaO • A1
2
O

• 
3CaCO
3
• 31H
2
O -gidrokarboalyuminat, 3CaO • Al
2
O

• CaCl

• 10H
2
O – gidroxlor 
- alyuminat kalsiy va boshqalar. 
Alyumoferrit fazasi suv bilan quyidagi reaksiyaga kirishadi: 
4CaO • A1
2
O
3
• Fe
2
O
3
+7H
2
O= 3CaO • A1
2
O
3
• 6H
2
O+CaO • Fe
2
O

• H
2
O. 
Ammo ko'p miqdordagi suv tarkibida Ca(OH)
2
ning bo'lishi bir kalsiy 
gidroferritni to'it kalsiy ferritli gidratga quyidagi reaksiya bo'yicha aylantiradi: 
CaO • Fe
2
O
3
• H
2
O+3Ca(OH)
2
+10H
2
O=4CaOFe
2
O
3
• 13H
2
O. 
Selit va ferritli sementlar tarkibida ikki kalsiy ferrit bor. U 
gidratatsiyalanganda ikki kalsiy gidroferrit 2CaO • Fe
2
O
3
• H
2
O ni beradi. Bu 
birikma Ca(OH)
2
eritmalarida 3CaO • Fe
2
O
3
• 6H
2
O ga, ayrim ma'lumotlarga 
binoan esa 4CaOFe
2
O
3
• 13H
2
O ga o'tadi. 
Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, C
4
AF suv bilan reaksiyaga kirishganda 
xossalari va tarkibi jihatidan gidratatsiyalanayotganda hosil bo'ladigan C
3
A ga 
o'xshash olti molekula suvli kalsiy gidro-alyuminat hosil bo`ladi. 
Kalsiy gidroferrit asosining bir kalsiy ferritdan uch va to'it ferritgacha 
ortishi, ya'ni CaO ning ko'payishi kalsiy gidro-alyuminatlarga ham xosdir. Mineral 
asosi ortganda esa uning suv-nam sharoitlardagi barqarorligi ancha pasayishi 
mumkin. 
Shuning 
uchun 
muayyan 
sharoitlarda 
ishlatiladigan 
beton 


55 
konstruksiyalarga mo'ljallangan sementlar tanlanganda minerallar tarkibining ana 
shunday o'zgarishini hisobga olish zarur. 
Klinker minerallarining suv bilan o'zaro ta'sir etishish jara-yoni hamma vaqt 
bir xil tezlikda o'taveradi. C
3
A suv bilan ancha tez ta'sir etishadi, C
4
AF esa bir 
muncha sekinroq, C
3
S undan ham sekin, C
2
S juda sust ta'sir etishadi. 
Uch va to'it kalsiy gidroalyuminat va gidroferritlarning bir xil tarkiblisi bir 
vaqtning o'zida hosil bo`la boshlasa, umumiy formulasi: 3CaO • (A1
2
O

• Fe
2
O
3
) • 
6H
2
O va 4CaO • (A1
2
O

• Fe
2
O
3
) • 13H
2
O bo`lgan qattiq eritmalar hosil bo'ladi. 
Gidroferritlar gidroalyuminatlar singari gips va kalsiy xlor bilan kompleks 
birikmalar [3CaO • Fe
2
O

• 3CaSO

• (30-32)H
2
O va 3CaO • Fe
2
O

• CaSO

• 
12H
2
O] hosil qiladi. Tuyilgan qum bilan 175-200°C haoratda gidrogranatlarni 
[3CaO • (A1
2
O
3
• Fe
2
O
3
) • xSiO
2
• (6-2x) • H
2
O] 
va shuningdek, CSH(B) tipdagi gidrosilikatlarni hosil qiladi. C
2
F ham 
avtoklavda issiq nam ishlovga uchratilsa, huddi shunday jarayon namoyon bo'ladi. 
Sement shisha fazasi suv bilan biriksa, C
3
AH
6
va CFH
6
ning qattiq
eritmalari hamda avtoklav sharoitida gidrogranatlar hosil bo'ladi. Sementlar 
tarkibidagi erkin CaO va MgO suv bilan reaksiyaga sust kirishib gidratlanadi, ular 
har birining miqdori 1% dan ortiq bo'lsa, hajmi notekis o'zgaradi. Bu esa qotib 
qolgan sementtosh ichida kuchli kuchlanishlar paydo bo`lishiga sababchi bo'ladi. 
Sement tarkibidagi alyuminat, alyumoferrit va shisha fazasidagi Na
2
O+K
2

suv bilan reaksiyaga kirishganda unda erib NaOH va KOH hosil bo'ladi. CaSO
4
ishtirokida ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib Na
2
SO
4
va K
2
SO
4
ni hosil qiladi. 
Natriy va kaliy ishqorlari suvda Ca(OH)
2
ning konsentratsiyasini pasaytirib, 
bilvosita vujudga keladigan kalsiy gidrosilikatlarning tarkibiga ta'sir ko'rsatadi. 
Odatda, sement xamirining suvli eritmasida ishqorlarning umumiy miqdori 1% dan 
ortmaydi. 
Sementning tishlashish muddatlarini uzaytirish maqsadida klinkerni 
tuyayotganda portlandsementga ikki molekula suvli gips qo'shiladi. Tuyish paytida 
tegirmonda materialning harorati ancha ko'tariladi, natijada ikki molekula suvli 
gips yarim molekula suvli gips va eruvchan angidridga aylanadi. Bular suv 
ishtirokida tezlik bilan ikki molekula suvli gipsga aylanadi. Sement tarkibidagi 
gips bilan birga suvda qorilganda klinker tarkibidagi alyuminat va alyumoferritlar 
bilan murakkab reaksiyalarga kirishib, yuqorida aytib o'tilgan kompleks 
birikmalarni hosil qiladi. 
Portlandsementning suv bilan reaksiyaga kirishuvi sement tarkibiga kiruvchi 
ayrim minerallarning va fazalarning gidratatsiyasi hamda gidrolizidan boshlanadi. 
Birinchi navbatda suv bilan C
3
A reaksiyaga kirishib, umumiy tarkibli 
gidroalyuminatlar aralashmasini (C
3
AH
10-12
) so'ngra C
4
AF ning gidratini hosil 
qiladi. C
3
S birmuncha sust gidratlanadi va gidrolizlanadi. U suvni Ca(OH)
2
ga 
to'yintirib boradi. Belit esa suv bilan o'ta sust reaksiyaga kirishadi. Ayni bir vaqtda 
murakkab ikkilamchi reaksiyalar ham ketadi. Ulardan ayrimlari uch sulfat 
shakldagi gidrosulfoalyuminat va gidrosulfo-ferritlarni hosil qiladi. Bu 
birikmalarning qattiq eritma holda hosil boiishi suyuq muhitda Ca(OH)
2
va CaSO
4
ning 
konsentratsiyasi 
yuqoriligini 
ko'rsatadi. 
Umumiy 
tarkibli 
gidrosulfoalyuminatlar C
3
(AF) • 3CaSO
4
(30-32) • H
2
O yomon eruvchanligi tufayli 


56 
o'ta mayda dispers zarrachali qattiq faza hosil qiladi. Bu zarrachalarni ba'zan 
mikroskop orqali ham ko'rib bo'lmaydi. Keyinchalik tizimda kalsiy sulfatning 
miqdori kamayib borishi tufayli, uch sulfatli faza asta-sekin bir sulfatli fazani, ayni 
shu vaqtning o'zida tarkibi C
3
(AF) • CaSO

• 12H
2
O va C
4
(AF) • 13H
2
O dan 
tashkil topgan murakkab qattiq eritmali birikmalarni hosil qiladi. Havodagi CO
2
ning ishtirokida qisman C
3
A• CaCO
3
• 12H
2
O ham hosil bo'lishi mumkin. 
Portlandsement dastlab suv bilan birikkanda sersuv gidratli birikmalar 
2CaOSiO
2
•4H
2
O; 3CaOAl
2
O
3
•12H
2
O; 3CaOAl
2
O

• 3CaSO
4
• 31H
2
O va boshqalar 
hosil bo'ladi. Vaqt o`tishi bilan asta-sekin qotish jarayonida ko'rsatilgan birikmalar 
parchalanib, portlandsement kam suvli gidratlarga, jumladan, C
3
S
2
H
3
; C
3
AH
6

C
3
A- CaSO
4
- 12H
2
O ga o'tadi. Shunday qilib, qattiq moddalar suvning ajralib 
chiqishi va qaytadan uning yangi birikmalar o'rtasida taqsimlanishi issiqlikning 
yutilishi va fazalar mutlaq hajmlarining o'zgarishi sodir bo'ladi. 
Sementlarning yuqori haroratda qotishi ham kam suvli gidratlarning hosil 
bo'lishiga olib keladi. Bu esa sementtosh tarkibiy tuzilmasining g'ovakliligini 
oshiradi. Portlandsement suv bilan odatdagi va yuqori haroratlarda (100°C gacha) 
reaksiyaga kirishganda yangi mahsulotlar (ayniqsa, kalsiy gidro-silikatlar) juda 
ham mayda dispers kristall zarrachalar ko'rinishida hosil bo'ladi. Ulargelsimon 
fazalarga kiradi. Ularni rentgengrafik usulda tarkibiy tuzilmasini tahlil qilib, 
elektron mikroskop yordamida aniqlash mumkin. Optik mikroskop ularni ajratib 
ololmaydi. Kalsiy gidrat oksid va kalsiy gidrosulfoalyuminat kristallari ancha yirik 
o'lchamlargacha (ko'pi bilan 0,5 mkm) o'sa oladi. Ularni oddiy mikroskop bilan 
aniqlash mumkin. Avtoklavda, ayniqsa, uzoq vaqt davomida va yuqori haroratda 
ishlash natijasida yangi hosil bo'lgan mahsulotlar zarrachalarining o`lchami keskin 
ortadi. Bunday zarrachalarni optik mikroskopda ko'rsa bo'ladi. 
Aniqlanishicha, sementlar gidratatsiyasining submikrokristall mahsulotlari 
bir-biri bilan qattiq eritmalar va aralash kristallar hosil qilishga moyil, bu hoi 
tarkibi murakkab va o'zgaruvchan bo'lgan ko'p fazalar hosil qiladi. Shu narsa 
ma'lumki, C
2
S va C
3
S ning erta gidratatsiyalanishida tarkibi jihatidan yaqin bo'lgan 
kalsiy gidrosilikatlar hosil bo'ladi, C
3
S ning gidratatsiyasi mobaynida erkin holda 
ajralib chiqadigan Ca(OH)
2
kristallari qotayotgan massaning mikroto`ldirgichi 
vazifasini bajaradi, ya'ni C
2
S va C
3
S bir xil darajada gidratatsiyalanganda ulardan 
hosil bo'lgan monomineral toshlarning mustahkamligi bir-biriga yaqin boiishi 
kerak. Xlorid, sulfat nitrid, karbonat, ftorid va boshqa tuzlar sinfining sement 
gidratatsiyasi hamda qotishiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar muttasil kengayib 
bormoqda. Ba, P, S, Cr, Mn, Ti ning ma'lum miqdorida modifikatsiyalangan 
klinkerlardan olingan sementlar, odatda, yuqori darajada gidratatsiya faolligiga ega 
bo'ladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin