O'zbekistonda sement sanqati


Mavzu: PORLANDSEMENT TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

Mavzu: PORLANDSEMENT TEXNOLOGIYASI 
Reja: 
1. Xomashyo materiallari va yoqilg`i. 
2. Portlandsement ishlab chiqarish usullari. 
3. Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xomashyo aralashmasini 
tayyorlash. 
 
 
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida 
kalsiy karbonat ko'p bo'lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy 
oksid hamda temir oksid bo`lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning 
tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab 
chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va 
asosan 
domna 
toshqollaridan, 
nefelin 
chiqindilaridan 
foydalanilmoqda. 
Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfosement 
va SO
2
gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya 
sulfat kislota kam ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo`lga qo'yilgan. 
Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chi-qaruvchi 
sanoatda hosil bo`ladi. Uning tarkibida 25-30% SiO
2
; 2-5% A1
2
O
3
; 3-5% Fe
2
O
3

50-58% CaO va 3-8% boshqa oksidlar, chunonchi, 1,5-3% ishqorlar bor. Tarkibida 
shuncha CaO bo`lgan materialga 15-20% ohaktosh qo'shib, portlandsement ishlab 
chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin. 
Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20-30% ga oshiradi va 
yoqilg'i sarfini 25% ga kamaytiradi. 
40-50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo`lgan domna toshqollari ham 
portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Hozircha 
ular ko'p miqdorda ishlatilmaydi, lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab 
chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin. 
Gil suvda osongina ivib, bo'shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog' 
jinslaridan iborat. Ular bitta konning o'zida mineralogik va granulometrik 
(donadorlik) tarkibi jihatidan juda xilma-xil bo`lishi bilan farq qiladi. Ko'pincha gil 
tarkibida ko'p miqdorda tog` jinslari, ularning siniq parchalari mayda dispers kul 
hosil qilish yana shuning uchun zarurki, kul qancha mayda bo'lsa, klinker uni 
batamom singdirib oladi va kul unda tekis joylashadi. Yoqilg'i 009 raqamli elakda 
8-10% qoldiq qolguncha maydalab tuyilishi kerak. 
Serkul yoqilg'i juda mayda tuyilishi zarur. Zavodga kelgan yoqilg'i ko'pincha 
ancha nam bo'ladi. Shuning uchun u bir marta quritib olinadi. Yoqilg'ini quritish 
tuyayotgan vaqtda yoki tuyishdan oldin bajariladi. Bir yo'la ham tuyib, ham 
quritish eng foydali va unumli usuldir. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin