23
biroq kalsiy karbonatnikidan kam (700°C ga yaqin)
haroratda chala kuydirilib
tayyorlanadigan nimpishiq dolomitning solishtirma og'irligi 2,87-2,85 g/sm
3
atrofida, hajm og'irligi esa 1,08 dan 1,11 t/m
3
gacha bo'lishi kerak.
Nimpishiq dolomit kaustik magnezitga nisbatan o'yiladigan talablarga mos
darajada mayda tuyilgan bo'lishi kerak.
Kaustik magnezit namunalarning cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi (3,7
va 28 sutka tutilgan) kamida 1,0, 1,6 va 2,5 MPa bo'lishi lozim. Namunaiar
og'irligi bo'yicha 9 qism kaustik magnezit va 1 qism qipiq aralashmasidan yasaladi.
Magnezial bog'lovchi choksiz ksilolit pol qurishda ishlatiladi.
Bunday
pollarda asosiy to'ldirgich sifatida yog'och qipiqlaridan foydalaniladi. Ksilolit
pollar gigiyena talablariga mosligi va ko'pga chidashi bilan farq qiladi. Issiqni kam
o'tkazuvchanligi jihatidan eman parketga o'xshaydi. Ksilolit pol ko'pchilik
foydalanadigan joylar (vokzal, klub, magazin, kasalxona va boshqalar)da, turar joy
binolarining yordamchi xonalari (yo`lak, oshxona,
zinapoya maydonchalari va
hokazolar)da, shuningdek, rejimi quruq fabrika va zavod binolarida quriladi.
Dostları ilə paylaş: