O'zbekistonda sement sanqati


Ilmiy-texnika taraqqiyotining sement sanoatidagi samaradorligi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

2. Ilmiy-texnika taraqqiyotining sement sanoatidagi samaradorligi. 
3. Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar
 
Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda sement sanoati vujudga 
kelishining o'ziga xos tarixi bor. 
1926-yilning iyunida Bekobod sement zavodi O'rta Osiyoda birinchi bo'lib 
sement ishlab chiqara boshladi. 
Korxona dastlabki uch yil davomida portlandsement ishlab chiqarishni 
o'zlashtirib, yiliga 28 ming tonnadan mahsulot berdi. O'sha kezlarda zamonaviy 
hisoblangan bu zavod soatiga 4 tonna klinker ishlab chiqaradigan bitta 45 metrli 
aylanma pechga ega edi. Unda xomashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar 
va 1000 kVt quvvatli elektrostansiya bor edi. 
1936-1937-yillardagi birinchi rekonstruksiyadan so'ng Bekobod zavodi 
yiliga 155000 tonna mahsulot bera boshladi. Zavod 1959- yili qayta rekonstruksiya 
qilinib, ancha kengaytirildi. Ikkita 118 metrli aylanma pech o'rnatildi. 1961-yili 
yana bitta 150 metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 
720000 tonnaga yetdi. Endilikda zavod texnologiyasi uzluksiz takomillashib, ulkan 
korxonaga aylandi. 1970- yili korxona quvvati 800000 tonnani tashkil etgan bo'lsa, 
1990-yil oxiriga borib sement ishlab chiqarish 1 million tonnaga yaqinlashdi. 
Shuni aytish kerakki, mazkur zavodda dastlabki vaqtlarda sementning asosiy 
tarkibiy qismi bo`lmish ohaktoshdan tashqari Suluktadan keltiriladigan maxsus 
tuproq ham ishlatilar edi. Geolog olim, O'zbekiston Fanlar akademiyasining 
haqiqiy a'zosi A.S.Uklonskiyning taklifiga binoan 1927-yili Sulukta tuprog'i 
mahalliy lyoss bilan almashtirildi. Shundan beri respublika zavodlarida sement 
ishlab chiqarishning ikkinchi tarkibiy qismi sifatida mahalliy lyoss tuprog'i 
ishlatilmoqda. 1929-yili hukumat qaroriga binoan Quvasoy sement zavodi qurila 
boshlandi. Bu zavod 1932-yilning 21-fevralida ishga tushirildi. Birinchi yili 
Quvasoy zavodi 42,2 tonna sement ishlab chiqardi. Ammo hali murakkab 
jarayonlarning ko'p qismi qo'l kuchi bilan bajarilar edi. Texnologiya takomillashib, 
ishchi va muhandis-texnik xodimlar malakasining o'sishi tufayli birinchi besh yil 
ichida zavodning ishlab chiqarish quvvati 120500 tonnaga yetdi. 1946-1951- 
yillarda zavod rekonstruksiya qilinishi natijasida sement ishlab chiqarish yiliga 
200000 tonnani tashkil qildi. 1951-1959-yillar mobaynida Quvasoy zavodida qayta 
ta'mirlash ishlari amalga oshirildi, zavod kengaytirildi va 150 metrli pechlar bilan 
jihozlangan, to'la mexanizatsiyalashgan ikkita texnologik liniya ishga tushirildi. 
1959-yilga kelib hamma pechlar gaz bilan ishlaydigan bo'ldi. Zavod quvvati 1960-
yili 670000 tonnani, 1970-yili esa qariyb 800000 tonnani tashkil qildi. 1990 yil 
oxirida zavod 1 million tonnaga yaqin mahsulot bera boshladi. 
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Rossiya zavodlaridan ko'chirib keltirilgan 
jihozlar hisobiga Angren shahrida bir soatda 6,2 tonna sement ishlab chiqarish 



quvvatiga ega bo`lgan, uzunligi 57,5 metr, diametri 3 metr bo'lgan bir pechli zavod 
qurildi. Kichik zavod hisoblangan bu zavodning yillik quvvati 40 ming tonnaga 
ham yetmas edi. Zavod 60-yillarning o'rtalarida qayta jihozlanib, 80 metrlik 
pechlar o'rnatildi va zavodning o'rtacha yillik quvvati 50 ming tonnani tashkil etdi. 
Respublikamizda oq va rangli sementga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, 
Angren sement zavodi oq sement ishlab chiqarishga moslashtirildi va qayta 
jihozlandi. Bunda laboratoriya va zavod sharoitida Angrendagi past sifatli 
kaolinitli tuproqdan va Ohangaron ohaktoshidan juda yaxshi qovushib, pishadigan 
yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan oq sement olish mumkinligi aniqlandi. Bunday 
sementga turli rang berish ham oson edi. 1977-yilning boshiga qadar Angren 
sement zavodi yiliga 60 ming tonna oq sement ishlab chiqara boshladi. 
Sement sifatini, xususan, uning oqlik darajasini oshirish va rangli xillarini 
ko'paytirish maqsadida Angren sement zavodini yangi texnika bilan qayta 
jihozlash va 2-pechni o'rnatib ishga tushirish zarurati tug'ildi. Buning natijasida 
zavod quvvati ikki marta ortdi. 
1968-yilning boshida Ohangaron sement zavodi ishga tushirildi. Hozirgi 
kunda bu zavod yiliga qariyb 2 million tonna sement ishlab chiqarmoqda. 
O'zbekiston sementchilari olimlar bilan hamkorlikda ish olib borib, uysozlik 
zavodlariga tez qotadigan, irrigatsiya inshootlari uchun sulfatga chidamli sement, 
neft va gaz quduqlari uchun tamponaj, yo`l qurilishi hamda pardozlash ishlariga oq 
rangli sement hamda boshqa xil sementlar ishlab chiqarishni o'zlashtirdilar. 
Korxonalardagi mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanish, yangi xomashyo 
manbalarini so'nggi texnologiya chizmalari asosida qo`llash loyihalari 
yaratilmoqda. Ohangaron kaolini, aluniti, Olmaliq, Samarqand ammofos 
zavodlarining chiqindisi - fosfogips va boshqa mineral xomashyolarni kompleks 
qayta ishlash natijasida qo'shimcha ko'plab sement tayyorlash imkoniyatlari 
mavjuddir. 
«Yujgiprosement» instituti loyihasi (Ukraina Respublikasi) asosida qad 
ko'targan Navoiy sement zavodi ko'p jihatlariga ko'ra odatdagi korxonalardan farq 
qiladi. U O'rta Osiyoda birinchi marotaba «quruq usul» deb ataladigan texnologiya 
asosida ishlaydi. Bunda xomashyoni kuydirish uchun sarflanadigan yonilg'ining 
30-35 % i tejaladi. Bu usul bilan olib boriladigan ish jarayonida ko'p chang ajralib 
chiqqanligi uchun uzoq vaqt qo'llanilmay kelindi. Haqiqatan ham sement changi 
uzoq masofadagi havoni ifloslantirib, atrof-muhitga ma'lum darajada zarar keltirar 
edi. Yangi korxonada xomashyoni kuydirishga tayyorlovchi ulkan (balandligi 20 
qavatli binoga teng) siklonli issiq almashtirgichlar o'rnatilgan. Ular qo'shimcha 
chang tozalash moslamalari bilan birgalikda havoni ham tozalaydi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avto-matlashtirish 
darajasi bu korxonada yuqori. Hozirgi zavodlarda ishlab turgan eng yirik 
aylanuvchi pechlarning diametridan bir yarim, ikki barobar katta yetti metr 
diametrli va uzunligi 95 metr bo'lgan pechlar ilk bor o'rnatilmoqda. Ular har ishchi 
boshiga 2700 tonna sement ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bu hozirgi kunda g'oyat 
yuqori ko'rsatkich hisoblanib, AQSH va Yaponiyaning eng ilg'or sement zavodlari 
ko'rsatkichlaridan ancha ko'p. 
Xomashyoni kondan uzatish, uni dozalash, pishirish, tuyish, texnologik 



rejimlarning to'g'ri ishlashini ta'minlash kabi jarayonlar programmali boshqaruvchi 
va avtomatik tuzilmali elektron hisoblash mashinalari yordamida kuzatib turiladi. 
Hozirgi vaqtda ishlab turgan pechlarga siklonli issiqlik almashtirgichlar o'rnatilsa, 
ish unuml 20-25% ga ortadi, yonilg'i sarfi 30-35%, shuningdek, mablag' va metall 
sarfi sezilarli darajada kamayadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sementni «quruq» usulda ishlab chiqarish 
tayyorlanayotgan jami mahsulotning 50 foizini tashkil etsa, ayni vaqtda bir qator 
xorijiy mamlakatlarda mazkur usul yetakchi hisoblanadi. Jumladan, bu usul 
salmog'i Germaniyada 90%, Yaponiyada 78%, Vengriyada 55%, Bolgariyada 
45%, AQSH da 42% ni tashkil etadi. Respublikamiz korxonalarida sement 
tayyorlashning bunday usulini joriy etish, so'zsiz katta iqtisodiy samara beradi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin