O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

Gips ishlab chiqarish. Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi: 
1. Gips-toshni kukunlab tuyiladi va pishiriladi. 
2. Gips-toshni maydalab pishirib, so'ng tuyiladi. 
3. Gips-toshni maydalab, yuqori bosimli suvbug'ida ishlanadi vaquritilib 
tuyiladi. 


12 
Gips-toshni, asosan, shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug'lash 
qozonlarida pishiriladi. Shaxtali xumdonlariga gips-tosh 70-300 mm yiriklikda 
solinadi, aylanma xumdonlarga 15 mm gacha boigan yiriklikda, bug'lash 
qozonlariga esa 25-50 mm yiriklikda solinadi; qozonlarda pishirganda esa gips-
tosh kukun qilib tuyilgan holda solinadi. Gips-toshni pishirish usuli awalo 
xomashyoning xususiyati, olinadigan mahsulotga bo'lgan talabga qarab tanlanadi. 
Gips-tosh 
bolg'ali 
maydalagichlarda 
yoki 
po'lat 
sharli 
(zoldirli) 
tegirmonlarda maydalanadi. Agar uni kukun darajasigacha tuyish kerak bo'lsa, 
awal quritib, keyin maydalanadi. Gips-toshni quritish, tuyish va pishirishni shaxtali 
yoki g'ildirakli tegirmonlarda bajarish mumkin. 
Amalda gipsni qaynovchi deb ataluvchi qozonlarda pishirib olish usuli keng 
tarqalgan. Po'lat silindr va vertikal o'qqa o'rnatilgan qorgichdan iborat qozonga 
kukun qilib tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri bo'ylab to'rtta isitgich 
quvuri o'tkazilgan. Ular solinayotgan xom gipsni pishiradi va tayyor mahsulot 
qozon tagidagi g'alvir orqali gips yig'uvchi bunkerga tushadi. 2 m
3
qozon 
hajmining ish unumi 2 soatda 1000 kg ga teng. Gips kukunining qozonda pishish 
vaqti 1 -1,5 soat. 
Asosan yarim suvli gipsdan iborat bo'lgan va gips-toshdan iborat termik 
ishlash yo'li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi mahsulotni 
fosfogipsdan ham olish mumkin. Yarim suvli gipsning tarkibida 38,63% CaO, 
55,16% SO
3
va 6,21% H
2
O bor. 
MDH davlatlaridagi ko'pgina ilmiy tadqiqot muassasalari fosfogips 
chiqindilaridan foydalanish masalasi ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 
Armaniston Respublikasi FA Umumiy anorganik kimyo institutining VNIIStrom 
(Rossiya) bilan hamkorlikda ishlab chiqqan fosfogipsdan texnikaviy gips ishlab 
chiqarish usuli bosim ostida fosfogipsni digidratatsiyalashga asoslangan. Unda 
olingan a - yarim molekula suvli gips filtirlanadi, keyin issiq suvda chayib 
quritiladi (chizmaga qarang). 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin