13
Institut tavsiya etgan chizmaga binoan fosfogips
tasmali transportyor
yordamida pulpa tayyorlash uchun «chan»ga (sig'imga) uzatiladi. Pulpada suyuq
va qattiq fazalar nisbati S:Q=4:1. Keyin pulpa markazidan
qochirma nasos orqali
quyultirgichga yuboriladi. Oqava suvlar kanalizatsiyaga tushiriladi,
quyultirilgan
pulpa esa (S:Q=1:1) markazdan qochirma nasos yordamida repulpator orqali
qabulqilgichga uzatiladi va bu yerda «tashabbuschi» qo'shiladi.
Kristallanish
jarayonini normal holga keltirish maqsadida kaliy yoki bariy maleinat yoxud
dastlabki fosfogips massasining 0,1% miqdorida har
ikki modda aralashmasidan
foydalanish tavsiya etiladi. Qabulqilgichdan repulpator orqali markazdan qochirma
nasos vositasida quyuq pulpa xom pulpa «chan»iga haydaladi,
bu yerdan ventil
roslagich va markazdan qochirma nasos yordamida quyuq va xom pulpa
aralashmasi ketma-ket o'matilgan avtoklavlar orqali o'tkaziladi, bu avtoklavlarda
gips degidratatsiyalanadi.
a - yarim gidratli qaynoq pulpa ignani rostlagich hamda
issiqlik almashtirgichdan o`tadi va aralashtirgichli qabulqilgich bakida to`planadi.
Bu bak bug`dan isiydigan o`rama nay bilan ta`minlangan.
Pulpa harorati 90 - 95
o
C dan pasaymasligi uchun tasmali suzgichda suziladi.
Suzgichdan o`tkazilgan suyuqlik
rezuardan bakka yuboriladi, u yerda esa nasos
yordamida «shan»ga qaytariladi. Qattiq faza (ya`ni gips)
tasmali transportyordan
quritgich barabaniga uzatiladi. Qurigan gips bunkerda to`planadi. Shu yo`sinda
hosil bo`lgan gips qog`oz qoplarga joylanadi.
Chiqadigan gazlar natriy metasilikat eritmasi yordamida yuvilib,
ftorli
gazlardan tozalanadi.
Olimlardan P.F. Gordashevskiy va V.V. Ivanitskiylarning (Rossiya)
ma`lumotiga ko`ra, fosfogipsdan bunday usulda
a - yarim
gidrat tayyorlanganda
300-500 markali mahsulot hosil bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: