O'zbekistonda sement sanqati


 Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

3. Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar 
 
Anorganik yoki mineral bog'lovchi materiallar kukunsimon boiib, mayda va 
yirik to'ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil 
qiladi va asta-sekin qotishi natijasida sun'iy toshga aylanadi. Anorganik 
bog'lovchilarni ishlatish va xossalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: 
1. 
Havoda qotadigan bog'lovchi materiallar: ohak, gips va 
kaustik magnezit; 
2. 
Gidravlik bog'lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas balki 
suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, 
gidravlik ohak, qumtuproq qo'shilgan sement, pussolan portlandsement, toshqol 
portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar. 
3. 
Kislotalarga chidamli bog'lovchilar. Bunday bog'lovchilarning qotish 
jarayonidan keyingi mustahkamligining ortishi kislotalar ta'sirida ham davom 
etadi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan 
sementlar va qorishmalar misol bo'ladi. 



Yuqorida keltirilgan bog'lovchilardan g'isht terish va suvoqchilikda 
ishlatiladigan qorishmalar, beton va temir-beton konstruksiyalar hamda qotish 
jarayoni avtoklav deb ataluvchi qozonlarda kechadigan buyumlar tayyorlanadi. 
Qurilishlarda buyum xossalarini va bog'lovchi materiallarni tejash maqsadida 
quyidagi maxsus qo'shimchalar ham ishlatiladi: 
1. Bog'lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to'yingan suvlar 
ta'sirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki faol 
mineral qo'shilmalar - trepel, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli va tufi, 
faol kremniy chiqindilari, kuydirilgan gil, gliyej, kuygan jinslar, toshqollar va 
boshqalalar. 
2. Bog'lovchi materiallarni tejash uchun to'ldirgichlar sifatida mayda qilib 
tuyilgan qum, ohaktosh, dolomit, tabiiy changsimon kvars qumi, toshqol va 
boshqalar. 
3.Sementlarning tishlashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar: 
tezlatuvchilar - kalsiy xlorid (CaCl
2
), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota (HC1), 
eruvchan shisha (Na
2
SiO
3
), soda; susaytiruvchilar - gips, sulfat kislota, sulfit 
oksidli temir va boshqalar. 
4.Sementning 
qotishini 
tezlatuvchi 
va 
mustahkamligini 
oshiruvchi 
qo'shimchalar - kalsiy xlorid va xlorid kislota. 
5. Beton va qorishmaning sovuqqa chidamliligini, plastikliligini oshirish 
uchun ishlatiladigan organik va anorganik qo'shilmalar, sulfat spirt bardosi (SSB), 
yetmak (ko'pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit, trepel va 
boshqalar. 
Bog'lovchi materiallarni ishlatishda ular quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: qorishmaning tishlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, 
suvning qorishma bilan birikish darajasi, tishlashishdagi issiqlik miqdori va 
hokazolar. 
Bog'lovchi materialni suv bilan qorishtirganda qattiq holatga o'tgunga qadar 
ketgan vaqt uning tishlashish davri deb ataladi. Qorishmada suv qanchalik ko'p 
bo'lsa, uning tishlashishi shuncha sekin bo`ladi. Shuning uchun normal qorishma 
tayyorlashda awalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog'lovchi uchun 
suv miqdori uning og'irligiga nisbatan foiz hisobida standartlarda belgilangan 
me`yor bo'yicha aniqlanadi. 
Bog'lovchi material suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar 
natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo'zg'aluvchanligi kamayadi. Buni 
bog'lovchi modda tishlashishning boshlanish davri, qo'zg'aluvchanligi butunlay 
yo'qolgandan keyin esa oxirgi davri (qotish) deb ataladi. Tishlashish davriga qarab 
bog'lovchilar quyidagi uch guruhga bo`linadi: 
a) tez tishlashuvchi materiallar tishlashuvining boshlanish davri 3-10 daqiqa. 
Bunday bog'lovchilarni ishlatish noqulay bo'lganligi sababli, unga tishlashishni 
susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan, qurilish gipsi qo'shiladi; 
b) normal tishlashuvchi materiallar tishlashuvining boshlanish davri 30 
daqiqa oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bog`lovchilarga beton va 
qorishmalar tayyorlashda ko'p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi; 


10 
d) sekin tishlashuvchi materiallar tishlashuvining oxirgi davri 12 soatdan 
keyin boshlanadi. 
Normal qorishma tayyorlashda suv (aslida bog'lovchining kimyoviy birikishi 
uchun sarflanadigan suv) kerakli miqdordan ko'p olinadi. Shuning uchun qorishma 
qotgandan keyin ham undagi mayda kapillyarlar va g'ovaklarda birikmagan erkin 
suvlar ko'p bo'ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug'lanib, sementning g'ovakligini 
oshiradi. Binobarin, beton yoki boshqa qorishma tayyorlaganda suv miqdori ko'p 
olinsa, uning g'ovakligi ortadi, natijada mustahkamligi kamayadi. 
Barcha bog'lovchilar tishlashish va qotish jarayonida o'zidan issiqlik 
chiqaradi. Bog'lovchining tishlashish davri va qotish jarayoni tez bo'lsa, uning 
issiqlik chiqarishi ham ortadi. 
Bog'lovchilarning o'zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa, sovuqda 
beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik 
yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan, gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki 
qismidagi issiqlik tashqi qismidagiga nisbatan ortib (ayrim hollarda 100°C gacha 
yetadi) harorat farqi ko'payadi. Natijada betonning notekis sovishi boshlanadi, bu 
esa beton tanasida darzlar hosil bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik 
qurilishlarda o'zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlar ishlatiladi. 


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin