6
quvvatiga ega bo'lgan pechlar, shuningdek, diametri 7 m, uzunligi 95 m va siklon
issiqlik almashtiruvchisi bo'lgan pechlar qo'llaniladi. Yangi pechlar 150 metrli
pechlarga nisbatan 5 marta, 185 metrli pechlarga nisbatan esa 1,7 marta unumli.
Tonna quvvat hisobidagi solishtirma kapital sarflar 40-15%, klinker kuydirish
tannarxi 20-10% kam. Mamlakatimizda Navoiy shahridagi zavodda ikkita shunday
liniya mavjud.
Yuqori unumli asbob-uskunalar qoilashning katta iqtisodiy samara berishiga
Ohangaron sement kombinatida ishga tushirilgan 7 kilometr
uzunlikdagi lentali
transportyor yaqqol misol bo`ladi. U maydalash fabrikasidan ohaktosh yetkazib
beradi. O'n yillar mobaynida bu transportyor nuqsonsiz ishlamoqda. Lentaning
tutashadigan qismlari uzilib qolsa, vulkanizatsiya usulida biriktiriladi. O'n yillar
mobaynida umumiy uzunligi 14000 metrlik lentaning 700 metri yoki 5
foizi
almashtirildi. Uch smenali ishda transportyorga 26 kishi xizmat qiladi. Avtomobil
transportiga qaraganda transportyorda tashilganda xomashyoning tannarxi ancha
kamaymoqda.
Texnika yutuqlarini joriy etishning yana bir yo'li asosiy texnoiogiya asbob-
uskunalarini modemizatsiyalash bo'yicha kompleks ishlar olib borishdir. Masalan,
Ohangaron sement zavodida pech muzlatkichlari va yuritmalarini o'zlashtirish
orqali aylanuvchi pechlardan foydalanish ancha yaxshilandi, natijada ulardan
foydalanish koeffitsiyenti 1-1,5% ortdi. Bekobod sement kombinatida aylanuvchi
pech qayta ta'mirlandi (diametri 3 metrdan 3,6 metrgacha kattalashtirildi). Natijada
mehnat unumdorligi ortdi. Hozirgi kunda
boshqa pechlar ham qayta
ta'mirlanmoqda.
1 - jadvalda ko'rinib turibdiki, 3,6x3,3x3,6x150 m o'lchamli pechlarda qayta
ta'mirlash ishlarini olib borish, ularni 170 metrga qadar uzaytirish, diametrini esa 4,
6-5 metrgacha kengaytirish, takomillashgan klinker sovitgichlar o'rnatish
pechlarning samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, pechlar yanada
takomillashgan tayanch
qurilma konstruksiyalarga, kuydirish jarayonlarini
avtomatik rostlash tizimini, pechning holatini va korpus qizishini kuzatuvchi
apparatlarga ega bo'lishi kerak.
7
1-jadval.
Qayta ta'mirlangan pechlarda mahsulot ishlab chiqarish haqidagi ha'zi
ma'lumotlar («Yujgiprosement» ma'lumotlari).
Dostları ilə paylaş: