O`zbekistonda ta`lim tizimi reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar



Yüklə 149,52 Kb.
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü149,52 Kb.
#211574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oliy o’quv yurtidan keyin ta’lim

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti. Mustaqil izlanuvchilik. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni oliy oʻquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida olish mumkin. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimdissertatsiyahimoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlatattestatsiyasinatijalariga koʻra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.

  • Shaxs– kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim sohasidagi hizmatlarining isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchisi;

  • Davlat va jamiyat– taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

  • Uzliksiz ta’lim– malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, taʼlimning barcha turlarini, davlat taʼlim standartlarini, faoliyat koʻrsatish muhitini oʻz iciga oladi;

  • Fan– yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;

  • Ishlab chiqarish– kadrlarga boʻlgan ehtiyojini, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovachi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan taʼminlash jarayonining qatnashchisi.

Kadrlar tayyorlash dasturini ro’yobga chiqarish bosqichlari
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich roʻyobga chiqariladi.

  • Birinchi bosqich (1997-2001) – mavjud qadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratish.

  • Ikkinchi bosqich (2001-2005) – Milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish,mehnatbozoririvojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.

  • Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.


Yüklə 149,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin