O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:
davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;
ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta`lim;
umumiy o’rta ta`lim;
maktabdan tashqari ta`lim;
o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;
oliy ta`lim;
oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash.
Ta`limni boshqarish organlari Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;
ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.
O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik -Xalq Ta`limi Vazirligi(XTV) vaOliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi(OO’MTV) - amalga oshiradi.
XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.