2. Bandlik tushunchasi. To‘liq va samarali bandlik muammosi Mavjud qonunlikka muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqorolarning qonunda
taqiqlanmagan va ularga daromad keltiradigan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari
tushuniladi. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda qayd qilinganidek: “Bandlik
mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarning
ishga joylashib foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir”. Ish bilan band
aholiga yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlagan
shaxslar kiradi.
YAlpi ishchi kuchi –bu jamiyat ѐki alohida olingan mamlakat miqѐsida qiymat vaiste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holdafaoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. YAlpi ishchi kuchining takror hosil qilinishi jaraѐnlarini o‘rganish muhim bo‘lib, bunda eng avvalo ishchi kuchiningziga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Ishchi kuchi –bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jaraѐnida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashѐviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. 2
ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar.
O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari kiradi:
I. Mehnatga layoqatli yoshdagilar:
16 yoshden-54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;
16 yoshdan-60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.
II. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar. 2
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17
th
edition. America, New York: McGraw-Hill,
2008. page 75.