O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish yo’nalishlari va uni amalga oshirish yo’llari reja


O`ZBEKISTONNING XALQARO BOZORGA KIRISHIDA XALQARO TURISTIK TASHKILOTLARNING AHAMIYATINI OSHIRISH



Yüklə 71,11 Kb.
səhifə2/5
tarix29.04.2023
ölçüsü71,11 Kb.
#104570
1   2   3   4   5
2. O`ZBEKISTONNING XALQARO BOZORGA KIRISHIDA XALQARO TURISTIK TASHKILOTLARNING AHAMIYATINI OSHIRISH
O`zbekiston Respublikasi xalqaro turizm bozoriga kirishida xalqaro turistik tashkilotlarning roli juda ahamiyatlidir. Chunki bu tashkilotlar o’ziga xos ham yordamchi ham vositachi o’rnida keladilar. Avvalambor, xalqaro turistik bozorga integrasiyalashuvimiz lozim bo’ladi. Buning uchun qator talab ava vazifalarni bajarishimiz kerak. Xalqaro turistik bozorga integratsiyalanishda quyidagi yo’nalishlar afzal integratsion tadbirlar deb topilgan:

  • Respublika turistik tashkilotlaming xalqaro turistik tashkilotlariga a'zo bo’lishi;

  • O’zbekistonda yirik xalqaro turistik tashkilotlaming tashqi kanallarini qurilishi;

  • O’zbekistonda yirik xoriji firmalari asosida turoperatorlar ittifoqini tuzish;

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari, ilg’or turistik mamlakatlari va dunyoning yirik firmalari bilan hamkorlik va texnik yordam to’g’risida bevosita shartnomalar imzolash;

  • Joylami band qilish bo’yicha dunyo turistik tashkilotlariga kirish va ishtirok etish;

  • Xorijida respublika bo’limlari vakolatxonalarini ochish.

Markaziy Osiyo iqtisodiy jamiyati “Evrazesning” bir qismi sifatidagi
xronologiyasi
Markaziy Osiyo ittifoqlari (ba'zi manbalarda O’rta Osiyo iqtisodiy guruxi) moxiyatan, ilgariroq dunyoning boshqa xududlarida tashkil etilgan gumxlardan farq qilmaydi. U o’z oldiga asosan iqtisodiy maqsadlami qo’yadi, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIQ) davlat raxbarlarining Toshkentda o’tgan oxirgi Sammiti ko’rsatganidek, bu ittifok diniy ekstremizm va terrorizmga karshi ko’rashish uchun xarbiy siyosiy blok ko’rinishiga yaqinlashib koldi, biroq, u tuban ximoya ta'siriga ega bo’lib, o’z oldiga o’zga guruxlaming strategik ta'sir sohalarini taksimlanishiga Karshi ко’rash maqsadini qo’ymagan. Biroq, boshqa tomondan, MOIQning xalqaro iqtisodiy tartibni o’matishiga qarshi ko’rashuvchi, o’z ishtirokchilarida xalqaro xo’jalik tizimida arzirli tayanchga ega bo’lish va kuchli salohiyatlar bilan tengma-teng o’z milliy iqtisodiyoti uchun optimal bo’lgan tashqi savdo siyosati yuritishning imkonini yagona elementidir.
MOIQ kechagina tuzilgani yo’q. Xattoki, Sovetlar inkilobidan awal ham Turkiston yagona xududiy bozor sifatida faoliyat yuritgan, chunki bu erda ming yillar davomida ishlab chiqarish usuli mavjud bo’lgan.
Markaziy Osiyo parchalanishi natijasida yangi respublika pay do bo’ldi, biroq aholining xayot tarzi, ma'naviyati, xayoti o’zgarmay qoldi. Buning ustiga sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo respublikalari davlatini Shimoli-G’arbida joylashgan respublikalari uchun xomashyo- manbai sifatida ish yuritilishi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos modelini yaratishdiki, davlatning ichidagi qarama-qarshiliklami kuchaytirdi. Davlat xukumatining 80 yillar oxirida utkazgan xo’jalik xisob-kitobi siyosatini o’tkazishi Markaziy Osiyo respublikalarini iqtisodiy taraqqiyot etishi va mamlaktning Evropa qismining bosimiga qarshi kurashish maqsadida birlashib qarakat qilishga majbur etdi. Bu yangi iqtisodiy blokining yuzaga kelishiga olib keldi. 1990 yildayoq, Olma- Otadan Markaziy Osiyo respublikalari va Qozog’iston rahbariyati tomonidan yangi ittifoq tartibida milliy iqtisodiyotlaming integratsiyalanishi mexanizmining faoliyat yuritish uchun sharoitlar yaratilishi, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida xududning manfaatlarini ximoyalovchi ijtimoiy va xo’jalik reformalarini amalga oshirishning o’zaro kelishilgan siyosat orqali amalga oshirish kelishib olingan edi. 1991 yilning 14 avgustida xalq xo’jaligi muammolarini echish yagona yondashuvlarini ishlab chiquvchi respublikalraro konsultativ maslahat tuzish to’g’risida bitim imzolandi.
Biroq, SSSRning tarqalib ketishi natijasida bu tashkilot tarqatilmay qoldi. Shunga qaramay, Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayoni to’xtab kolmadi. Bu yo’lda Toshkentda Qozog’iston, G’irg’iziston va O’zbekiston Prezedentlari tomonidan bu mustakil respublikalar xududida yagona iqtisodiy xudud yaratilishi to’g’risidagi bitim imzolandi. Buning uchun ko’plab asoslar mavjud. Bu bir xil boshlangich iqtisodiy rivojlanish darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming bir xilliligi, yagona transport va energetika kommunikatsiyalari (aloqalari), ya'ni suv resurslari. Shuningdek, xudud aholisi uchun xavf soluvchi yagona tovar ham mavjud. Bu qurol va giyoxvandlikning kirib kelishi, terrorizm va diniy fundamentalizm, Afg’oniston tomonidan siyosiy taranglikning keltirib chiqarilishi va barkarrorlikning yuzaga keltirilishi va boshqalar. Bu shu bilan tushuntiriladiki, dastlab sovet ma'muriy-buyruqbozlik tizimining davom ettirilishi, tor sohadagi ixtisoslikning mavjudligi edi. Xo’jaliklararo texnologik va savdo aloqalarining tuzilishi zamonaviy integratsiyani kengaytirdi.
Masalan, yaqin utmishda O’zbekistonda yaratilayotgan moddiy segmentlar yaratishda Tojikistonning 58 tarmoqi mahsulotdagi xomashe sifatida foydalanilar edi. Shu vaqtning o’zida O’zbekiston Tojikistonning 78 tarmoqiga o’z mahsulotlarini etkazib berar edi; O’zbekiston, Turkmanistonni olsa, 62 soha mahsulotini berar edi; Qozog’istondan 56 soha mahsulotini olsa, 56 soha mahsulotini chikarar edi. Qozog’iston bilan ham xuddi shunday axvol yuzaga kelgan edi. Unda bir vaqtning o’zida aloqalami yangi pragmatik sharoitlarda shakillantirish muammosi yuzaga keldi. 1992 yil 23 aprelda Bishkekda Markaziy Osiyo xukumatlari raxbarlarining majlisi bo’lib o’tdi. Majlis bayonnomasida xudud iqtisodiyotini strukturali qayta ko’rish sohasidagi tadqiqotlami o’tkazish tadbirlarini koordinatsiyalash xujjatlari loyixalari, davlatlararo investitsion fond va investitsion bank yaratish loyixalari, narx belgilashning koordinatsiyalashgan siyosati loyixalari bayon etildi.
Keyingi bir necha yil shuni ko’rsatdiki, faqatgina ayrim sohalardagi integratsiya samarali bo’ldi: bugdoy, paxta, energetika, suv resurslari bo’yicha tarmoq qo’mitalarini tuzish urinishlari ijobiy rivojlanilarga olib kelmadi. Ekspertlar xudud o’lkalarida integratsiya kamroq bo’lishi, muammolami birgalikda echish lozimligini ko’rsatishdi. O’zzaro koordinatsiyalashning dastlabki urinishlari 1993 yilda 29 iyulda Olma- Otada yuz berdi. Unda o’zbek Qozoq xukumatlari 1999-2000 yillardagi integratsiyaning guruxlanishi to’g’risidagi, chora tadbirlar to’g’risidagi kelishuvni imzolashdi. Imzolangan xujjatning maqsadi ikki respublikaning xo’jaliklararo hamkorligi takomillashtirish; sanoat va qishloq xo’jaligi sohalarini barqarorlashtirish; moddiy xom ashyo va yonilg’i energetika resurslaridan umumli foydalanish; ilmiy texnik salohiyatini rivojlantirishdan iborat edi. Bu davlatlaming quyidagi kadamlarini belgilab berdi.

Yüklə 71,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin