3. O`ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VA TARG’IBOT QILISH YO’LLARI. O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar Hukumat darajasida ko’rib chiqilmoqda va tegishli qarorlar qabul qilinmoqda. Bularga eng yaqqol misol muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar Strategiyasidir. Unda Turizmni iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlaridan biriga aylantirish xususida so’z yuritiladi.
«Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo’nalishda ko’rsatilgan chora tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma – bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek, turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda. “turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish” – kabilar keltirib o’tilgan va nazarda tutilgan.
Mos ravishda tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda va amalga tadbiq etilmoqda. Jumladan turistik markazlar va Respublikamizda turizmni jadal rivojlantirishga doir qarorlar ayni muddaodir. Bu qarorlar natijasi o’laroq, hududlarda tegishli dasturlar qabul qilinib, ishlar boshlab yuborilgan.
Zamonaviy turizmni reklamasiz tasavvur qilish qiyin. Bu shunchalik keng va ko’p qirrali faoliyat turiki, ko’pincha alohida yo’nalish sifatida ajratiladi. Biroq jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, reklamaning yuqori samaradorligiga faqat marketing yordamida erishish mumkin. Reklama marketing komunikatsiyalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Reklama turizm sohasida mijozlarga ma'lumot etkazishdagi eng qulay vosita. Mijozlaming xatti-qarakatlarini asoslab, tur xizmatlarga ulaming e'tiborini jalb qilish, tur firmaning umidchini ko’tarish, jamiyatdagi о’mini mustaxkamlash reklama yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun samarali reklama faoliyati tur korxonaning marketing strategiyasi maqsadlarga erishishda muxim vositadir.
Johon amaliyoti ko’rsatishicha, turizm sohasi yirik reklama beruvchidir.Tur firma daromadining o’rtacha 5-6% ini faoliyatiga sarflashadi. Turizm sohasida marketing komunikatsiyalarining asosiy vositasi sifatida reklamaning spetsifikatsiyasi soha mahsuloti turmahsulotning farqli tomonlaridir. Reklama iste'molchiga ta'sir qiluvchi kuchli vositadir. Biroq tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, marketing qarakatlari faqat reklama ko’rinishdagina bo’lsa, bu omad kafolatini bermaydi.
Reklamaning asosiy talabi haqqoniylikdir. Afsuski, bu “oltin” qoida ko’p tur firmalar tomonidan buzilib, ular uddasidan chiqa olmaydigan narsalami va'da qilishadi. Bu ko’pincha o’z-o’zidan yuz berib, mijozni jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi. Keyinchalik firma o’z va'dalarini amalga oshira olmasligi ma'lum bo’ladi va oqibatda firma obro’siga putur etadi.
Tarqatish vositalariga ko’ra reklamaning quyidagi turlari mavjud: mabuotda reklama; bosma reklama; audiovmzual reklama; kompyuterlashgan reklama; radio va telereklama: reklama suvenirlari; tashqi reklama;
Turistik firma reklama byudjetining 85 %i matbuot orqali reklamaga sarflanadi. O’zi tezkorligi, qaytaruvchanngligi, bozomi keng hamrab olishi xisobiga reklamaning bu turi eng samarali deb xisoblanadi. Matbuotdagi reklama o’z ichiga turli ma'lumotlami oladi. Ulami 2 asosiy guruxga bo’lish mumkin: Reklama e'lonlari va ko’rgazma-reklama xarakteridagi maqolalar. 2 turiga ko’pincha maqolalar, Reportajlar va xokozolar kiradi. Amaliyot ko’rsatishicha bunday maqolalar potetsial mijozga ta'sir qilish samarali imkoniyatlarga ega. Bunday ma'lumotlar chiroyli bezatilgan bo’lishi lozim, illyustratsiyasiz katta tekst samarali qabul qilinmaydi.
Matbuotdagi reklama kutilayotgan natijalami berishi uchun qilinayotgan jumal, gazeta, byulleten, ma'lumotnoma yoki yo’l ko’rsatmalarini to’g’ri tanlash lozim, turizm professionallari uchun mo’ljallangan reklama mahsus turistik nashrlarda chop etilishi lozim.
Bundan tashqari, dunyoning etakchi telekanallari orqali turistik markazlarimiz haqida suratga olingan video roliklar efirga muntazam uzatilib turibdi. BBC, HTB, CNN kabilar bunga misoldir.
Shu bilan birga Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi dunyoning eng yirik turistik yarmarka va ko’rgazmalarida faol ishtirok etib kelmorqa va shu sabab juda ko’plab mamlakatlar yurtimizga qiziqishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev qaysi mamlakatga tashrif buyursalar, albatta, turistlar almashinuva borasida bitimlar imzolamoqdalar. Rossiya, Turkiya, Xitoy, BAA kabi mamlakatlarni bunga misol qilib keltirsak bo’ladi.
XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O’zbekistonda xalqaro turizm bozorini rivojlantirishning bir qancha qulay imkoniyatlar berishi, masalan iqtisodning o’sishiga ta’sirini, bir qancha ish o’rinlari shakillanishiga va boshqa tarmoqlar uchun samarasini ko’rdik. Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashda raqobat, sifatli xizmat, ayniqsa, yangi ish o’rinlarini ochish muhim rol o’ynashini bilamiz. Shu sababli har qanday yangi iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlar, yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati va undan samarali foydalanish davr talabi bo’lib kelayotgani hech kimga sir emas.
Turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. Turizm jahonning qariyib barcha rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlar bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning ko’pgina qoloq mamlakatlarida ham tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda.
O’zbekistonda xalqaro turizm bozorini rivojlantirish yo`llari ko’plab mavjud. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Davlatimizda turistlik yarmarkalarni bo’lib o`tishi ham shundan dalolat beradi. Misol uchun har yili may oyida o’tkaziladigan “Silk & Spices” ya’ni “Ipaklar va ziravorlar” yarmarkasi ham bunga misol. Shu yarmarkaning o’zida qanchadan-qancha xorijiy va mahalliy turistlar jalb qilindi. Ko’plab turistlar yoppasiga oqib kelishdi. Bu yarmarka ko’plab turistlik korxonalar bozorini iqtisodiy qo’llab yubordi. Albatta, bunday yarmarkalar ko’plab va tez-tez o’tkazilsa ularning haridori topiladi. Nafaqat ichki turizm vakillarini balki, xorijiy turistlarning ham e’tiboridan chetda qolmaydi. Turizm bozorini esa chaqqonlatib yuboradi. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Bu kabi yarmarkalar Toshkent, Samarqand, Xiva, Farg’ona, Buxoro viloyati va boshqa regionlar o`z turistlik mahsuloti bilan ajralib turadi va bu regionlar katta potensialga ega. Bunday rivojlanish kelajakda nafaqat davlat mavqeini, balki turistlik bozorda davlatning o`z o`rnini topishiga turtki bo’ladi.
O’zbekistonda xalqaro turizm bozori faolligini oshirishda bahorda va kuzda bolalar uchun lagerlar tashkil qilish. Shu vaqtda ota-onalarga ham ta’til berilsa, ularga sayohat qilishlari uchun turli xil turlarni taklif etsak, albatta e’tibordan chetda qoldirmaydilar. Bu orqali ularni sayohat qilishlari uchun imkoniyat yaratgan bo’lamiz. Xalqimizda ajoyib bir gap bor, uying tinch-sen tinch degan. Uyidan va bolalaridan ko’ngli to’q ota-onalar uchun bu sayohat ayni muddao bo’ladi. Berilgan imkoniyatdan esa ular imkon qadar foydalanishga harakat qilishadi.
O’zbekistonda xalqaro turizm bozori bugungi kunda bu tarmoqdan potensialga yarasha foyda olinmayapti, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar juda kam samara beryapti, shu sababli, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turistlik firma va korxonalarga qo’shimcha imtiyozlar berilishi lozim, kerak bo’lsa 3-4 yilcha ichki turizm soliqlaridan firmalar ozod qilinsa, kelajakda mamlakatimiz bu sohada katta yutuqqa erishgan bo’lar edi.
O’z bitiruv malakaviy ishim chog’ida ko’pgina tahlillarni olib borar ekanman ichki turizmni rivojlantirishda bir qancha kamchiliklar, muammolar va sustkashliklar borligiga guvoh bo’ldim. Ularni ko’rib chiqar ekanman o’z ornida takliflarimni ham kiritdim. Ularni ko’rib chiqadigan bo’lsak:
Avvalambor, O’zbekistonda xalqaro turizm bozorining aniq strategiyasini tuzish, aniq strategiya tanlansa maqsadga erishish yo`li ancha osonroq kechadi;
Mamlakatimizda mavjud ichki turizm imkoniyatlarini reklama qilish borasida sustkashliklarga yo’l qo’yilayotgani. Bu muammo malakali kadr etishmasligidandir. Ularni malakasi ichki turizmni rivojlantirishga yo’naltirib oshirilsa hammasi risoladagidek bo’ladi;
turistlarni yanada ko`proq jalb etish maqsadida turizmning yangi yo`nalishlarini yo`lga qo`yish;
Marketing faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizda ham sifatli va malakali marketologlar tomonidan ish olib borilsa maqsadga muvofiq bo`lardi;
mexmonxonalarning tunab qolish narxlari yuqori ekanligi. Bu narxlarni mahalliy turistlarning cho’ntagiga moslashtirish kerak;
yurtimizga kelgan turistlarning tunashi uchun arzon mehmonxonalarning yo’qligi, masalan hostellar.
xalqaro turizmga mehmonxonalar tomonidan etarli e’tibor berilmayotganligi;
xalqaro turizm sayohatini tashkil qilayotganda infratuzilmalardan foydalanish qimmatga tushayotganligi, masalan avia chiptalar narxi qimmatlik qilishi.
Yuqoridagi bir qator kamchiliklar ko’rib o’tildi. Agar bu muammolarga jiddiy qaralib, unga yaqindan yondashilsa, ichki turizm rivoji uchun katta imkoniyat yaratilgan deb hisoblayman. Turizmni rivojlantirish muhim, dolzarb masalalardan biri bo’lib turganda bu muammolar yechimi ijobiy ta’sir o’tkazishiga ishonchim komil. Men yana shunga ishonamanki bu kabi muammolar albatta o’z yechimini topadi.
Davlatimiz tomonidan bu kabi muammolarni bartaraf etish borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, ichki turizm kelajakda mamlakatimizning yuqori daromadli tarmoqlaridan biriga aylanadi. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar, siyosiy tinchlik va eng asosiysi, xalqimizning insonparvarligi va mehmondo’stligi nixoyatda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari qator takliflar ham tavsiya etiladi:
Xalqaro turizm bozori turistik tashriflar va yo’nalishlarini batafsil o’rganib chiqish va ularni tahlil qilish;
Mamlakat turistik salohiyatini investitsiya qilish imkoniyatlarini real baholash va shunga mos ravishda strategiyalarni ishlab chiqish;
Mamlakat turistik resurslari ko’lamini hududlar kesimida aniqlash, ishlab chiqish va turizmda foydalanish bo’yicha aniq takliflar tayyorlash;
Xorijda tashkil etiladigan barcha yirik xalqaro turistik yarmarka va ko’rgazmalarda qatnashish;
Turizmni targ’ibot qilish masalalari bo’yicha tashkilotni tashkil qilib ishga tushirish;
Xalqaro turizm bozorida O’zbekiston turizmi brendini reklama qilish;
Mamlakatda yuqori klassli joylashtirish vositalarining keng narxli diapazoni variantlarini qurish va ishga tushirish.
Soha uchun yuqori malakali kadrlarni etarli sifat va miqdorini ta’minlash.