Tadqiqotning obyekti sifatida ziyorat turizmi sohasida ishtirok etuvchi xo’jalik yurituvchi barcha tadbirkorlik subyektlari bilan bog’liq jarayonlar.
Tadqiqot predmeti O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlari yig’indisi tashkil etadi
Tadqiqotning maqsadiO’zbekistonda ziyorat turizmi yanada rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotni ilmiy yangiligi Ziyorat turizmi tushunchasining mohiyati, rivojlanish bosqichlari va diniy va ziyorat turizmi tushunchalariga qiyosiy yondashuvlar o’rganilgan;
Saudiya Arabistoni iqtisodiyotida ziyorat turizmining rolini o’rganish orqali O’zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Santiago de Compostelaning ziyorat turizm mexanizmlari baholangan;
Jahonda ziyorat turizmini rivojlantirish tendensiyalari taqdiq etilib, dunyo naqshbandiya tariqati namoyondalarini O’zbekistonga jalb qilish yo’llarini ishlab chiqilgan;
O’zbekistonda ziyorat turizmining rivojlantirish yo’llari tadqiq etilgan;
“O’zbekiston muhaddislari” yangi ziyorat marshruti ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning asosiy masalari va farazlariO’zbekistonda ziyorat turizmi yanada rivojlantirish imkoniyatlariga oid masalalar o’rganilgan va ziyorat turizmini rivojlantirish hisobiga xalaqaro va ichki turizm oqimlarini oshishining bir vositasi deb faraz qilingan.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi: Ziyorat turizmini tushunchasi va mohiyati xorijiy olimlar tonomidan tadqiq qilingan. Ular jumlasiga Digance J, Margry.J. P, Kavanagh, Joanne, Bauman, Zygmunt, Coelho, Paolo.kabi olimlarimizni kiritishimiz mumkin.
Respublikamiz olimlaridan M.M.Muxammedova, N.To’xliyev, N.B.Navro’z-Zoda, B.To’rayev, O.X.Hamidov, N.S.Ibragimov, H.R.Xamroyevlarning ilmiy tadqiqotlari ziyorat turizmining turli jihatlariga bag’ishlangan.