O`zbekistondagi va xalqaro mehmonxonalar servisi hamdamova Hilola, Abdurasulova Mehribon Abduraximova Saodat, Shomaxmudova Aziza Yeoju Technical Institute in Tashkent (ytit)



Yüklə 309,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.03.2023
ölçüsü309,05 Kb.
#88091
1   2   3
1313-Текст статьи-3265-1-10-20210422

“Hilton Hotels Corporation” mehmonxonasi 
“Hilton Hotels” mehmonxonasi 1919-yilda 31-mayda tashkil topgan . Unga 
Konrad Hilton asos solgani tufayli Hilton deb nom berilgan . 1946 yili “Hilton 
Hotels Corporation” nomi ostida yuritila boshlagan va ko’chmas mulk bilan 
birgalikda mehmonxonalar oldi-sotdisi bilan katta loyihalarni yurita boshlagan . 
2010 – yil manbalariga qaraganda kompaniyaning 3600 ta mehmonxona 600 
mingdan ortiq nomer fondi 81 ta davlatda borligi aytilmoqda. Bu kompaniya 
Hilton Hotels & Resorts, Conrad Hotels, Doubletree, Embassy Suites Hotels, 
Hampton Inn, Hampton Inn & Suites, Hilton Garden Inn, Homewood Suites by 
Hilton, va bir qancha markalarga va brendlarga ega. Dunyodagi eng mashhur 
mehmonxona – Waldorf Astoria bo’lib, u jami 47 ta qavatdan, 1508 ta nomerli 
lyuks toifadagi mehmonxona bo’lib u 20 yillarda Nyu -Yorkning Avenyu parkida 


qurilgan. Bu parkda ko’pincha dunyodagi mashxur shaxslarni ko’rish mumkindir,
ayni vaqtda ham mehmonxona to’g’risidagi fikrlar ijobiy ekanligi aniqlandi.
Mehmonxona ichkarisida Peacock Alley, Bull and Bear Steakhouse va Oscar's
Brasserie restoranlari mavjud . Kompaniyaning boshqa gigant mehmonxonalari bor 
ular quyidagilar: “Hilton New York and Towers” 2014 ta nomer Hilton Hawaiian 
Village (dunyoda 14- o’rin, 3386 ta xonalar va 7 ta binodan tashkil topgan ), Hilton 
San Francisco & Towers - (1908 ta xonalar, 2 ta binodan tashkil topgan), Hilton 
Chicago & Towers (1544 ta xonalar va 3 restorandan iborat ) . “Hilton” – 
AQSHning eng mashhur mehmonxona markalaridan biri hisoblanadi Hilton 
mehmonxonalarining zanjiri 227 ta tashkil etib bir birini uzviy bog’laydi. Bu 
mehmonxonalar aksariyat mijozlari yaxshi haq oluvchilar va ishbilarmonlarmon 
shaxslarni tashkil etadi. Mijozlarga alohida a’lo darajada xizmatlar 
ko’rsatiladi.Bu brend hizmat ko’rsatish yo’nalishida innovatsion texnologiyalarni 
takomillashtirish yuzasidan dunyoda yetakchi o’rinlarni egallaydi.( I.f.n. - R.S. 
Amriddinova, Nurullayeva Y.2015) 
 “Starwood Hotels and Resorts Worldwide” mehmonxonasi 
Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasi soliqlar imtiyoziga 
ega bo’lish uchun Starwood Capital investitsiya kompaniyasi tomonidan tashkil 
etilgan. U davrda kompaniya Starwood Lodging nomi bilan mashxur bo’lgan . 
Avvalroq Starwood kompaniyasi AQSHning shimolida ko’pgina turli hil 
yo’nalishdagi mehmonxonalarni o’ziga biriktirib olgan . Keyinchalik 1994 yil 
Yaponiyaning Aoki Corporation kompaniyasidan “The Western Hotels” 
kompaniyasini sotib oldi.1998 yilda Starwood ITT Sheraton kompaniyasining 
“Sheraton”, “Four points by Sheraton and The Luxury Collection” markalarini 
xususiylashtirdi. 1999 yilda Starwood “W Hotels” logotipini asos soldi.Bu 
markaning hurmatga sazovor mehmonlarini asosan ishbilarmon sayohatchilar 
tashkil etardi va ularga moslashtirilgandi.2012- yilga kelib bunday markadagi 
mehmonxonalar 500 tani tashkil etdi. 2005- yili “Starwood Hotels and Resorts 
Worldwide” kompaniyasi tomonidan harid qilingan “Le Meridien” mehmonxona 
zanjiri “Starwood Hotels and Resorts Worldwide” kompaniyasining Yevropa 


bozorida ham qiyinchiliksiz faoliyat ko’rsatishni ta’minladi. Endilikda 
“Starwood Hotels and Resorts Worldwide” kompaniyasining quyidagi markalari 
bor: “Westin Hotels – Starwood Hotels and Resorts Worldwide” kompaniyasining 
eng katta yuqori pog’onadagi kurort mehmonxonalaridir. Bu marka “Starwood 
Hotels and Resorts Worldwide” kompaniyasi tarafidan 1994 yil harid qilingan va
eng qadimgi markalardan biri hisoblanadi.(1930 yilda tashkil topgan). “Sheraton” 
– “Starwood Hotels and Resorts Worldwid”e kompaniyasining eng muhim
mehmonxona zanjiri bo’lib, 1937 yilda ishga tushgan . ( I.f.n. - R.S. Amriddinova,
Nurullayeva Y.2015) 
“Four Points by Sheraton” –“ITT Sheraton” tarafidan asos solingan va o’rta 
pog’onadagi mehmonxona hisoblanadi. Bu brend oldiniga “Inn” nomi bilan 
yuritilgan , keyin esa “Sheraton” nomiga hamohanglashtirilib “Four Points by
Sheraton” deb nomi bilan yuritilgan . Bu marka “Starwood Hotels and Resorts 
Worldwide“ kompaniyasi tomonidan 1998 yilda xususiylashtirildi. “The Luxury 
Collection” – “ITT Sheraton” tarafidan 1994 yil CIGA (Compagnia Italiana 
Grandi Alberghi, yoki Italian Grand Hotels Company) Italiya mehmonxona 
zanjirini harid qilib olinishidan so’ng vujudga keldi. “Starwood Hotels and 
Resorts Worldwide” kompaniyasi “Sheraton”ni xarid qilgandan keyin bu 
markadagi mehmonxonalarga katta e’tibor qarata boshladi. Bu markadagi
mehmonxonalar oldingi faoliyati vaqtidagi belgisi St.Mark rohibining 4 ta tulpori
edi.Hozirgi vaqtda har qanday mehmonxona o’zi istagan belgini ishlatish 
huquqiga ega bo’ldi va bu qulayliklar yarata boshladi. ( I.f.n. - R.S. Amriddinova,
Nurullayeva Y.2015) 
“W Hotels” – “Starwood Hotels and Resorts Worldwide” kompaniyasining 
yuqori pog’onadagi mehmonxonalar markasi hisoblanadi. 1998 yil birinchi “W 
Hotels” mehmonxonasi Nyu – Yorkda, keyinchalik Meksika, Seul va Istanbulda 
tashkil etilgan va bu mijozlarga bir qancha qulayliklar yarata boshladi . 
Yevropaning birinchi mehmonxonasi Ispaniyaning Barselona shahrida “W 
Barcelona” nomi bilan barpo etildi. 2010 yilda Golivud, Texas, Taipei, Taivan,Bali, 
Koh Samui shaharlarida, 2011 yil Marokash, Guanjou, Bankok, Parij, Afina,Sankt 


– Peterburg va London shaharlarida yuqorida qayd etilgan markali 
mehmonxonalar bunyod etilgan.2012 yil Singapur, Milan, Ommon, Abu Dabi, 
2013 yil Santa Feda qurildi, 2016yilda Qohirada shu turkumdagi mehmonxona 
barpo etish rejalashtirilgan. ( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva Y. 2015) 

Yüklə 309,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin