O`ZBEKISTONDAGI VA XALQARO MEHMONXONALAR SERVISI
Hamdamova Hilola, Abdurasulova Mehribon
Abduraximova Saodat , Shomaxmudova Aziza
Yeoju Technical Institute in Tashkent (YTIT)
Annotatsiya: Mehmonxonalar aslida azal-azaldan tunash uchun yotoqxona
vazifasini bajarib kelgan. Bugungi kunga kelib mehmonxonalar nafaqat yotoqxona
balki, barcha servis turlarini o`z ichiga qamrab olmoqda. Dunyoda
mehmonxonalar juda ko`p va biz ularning faqatgina eng hashamatlilarini taniymiz
holos. Shuning uchun ham mehmonxonalarga katta-kichikligi va mijozlarga
ko`rsatadigan servisiga qarab yulduzlar taqdim etiladi. Xalqaro mehmonxonalar
O`zbekistondagi mehmonxonalarga nisbatan ancha rivojlangan va ularda
mijozlarga xizmat ko`rsatish ham anchagina yuqori talablarga javob bera oladi.
Biz ushbu maqolamizda xalqaro mehmonxonalar va O`zbekistondagi eng nufuzli
mehmonxonalar haqida ilmiy tadqiqodlar amalga oshirdik va mijozlar bilan
so`rovnomalar olib bordik.
Kalit so'zlar: Mehmonxonalar, mehmonxonalar tasnifi, xalqaro
mehmonxonalar servisi, O`zbekistondagi mehmonxonalar servisi
Mehmonxonalar bugungi kunga qadar turar joy va vaqtinchalik boshpana
vazifasini bajarib kelgan. Avvallari ular 2 xonadan iborat qilib qurilgan. Bugungi
kunga kelib esa
ular nafaqat boshpana balki, ovqatlanish, ko`ngilochar klublar,
barlar, to`y marosimlari uchun zallar va ilmiy hamda biznes anjumanlar o`tkazish
kabi barcha servis sohalarida faoliyat olib bormoqda.
Bir biridan farqli o`laroq katta mehmonxonalarda barcha servis turlari
mujassamlashtirilgan bo`lsa, kichik mehmonxonalarda servisning ayrim turlarigina
faoliyat olib boradi. Odatda kichik mehmonxonalar faqatgina yotoq va ovqatlanish
uchun moslashtirilgan bo`ladi.
Xalqaro standartlarga ko`ra mehmonxonalar mijozlarga xizmat ko`rsatishiga
qarab; Yulduzli ( bunda 1 dan 5 gacha yulduz soni beriladi) va xarfli ( masalan
AAA) tizimga bo`linadi.
Traditional mehmonxonalar – motel, otel, hotel, guest house, boutique hotels,
economy hotelga bo`linadi. Modern hotellar – zamonaviy
interyer va texnikalar
bilan ta`minlangan bo`ladi.
(rooms Division Operations by Коллектив авторов (z-lib.org) )
Mehmonxonalar zanjir sifatida faoliyat olib boradi. Ya`ni xizmat ko`rsatish
darajasi, har bir mijozga bir xil muomala, bir xil munosabatlarni o`z ichiga olishdir.
(rooms Division Operations by Коллектив авторов (z-lib.org) )
Xalqaro mehmonxonalar servisi
Dunyodagi eng yirik mehmonxonalarga misol qilib – Hospitality Franchise
System Blandstone Part (AQSH), Holiday Inn World wide (Buyuk Britaniya), Best
Western International (AQSH),Accor (Fransiya), Choice Hotel International
(AQSH), Marriot International (AQSH), Hilton Hotel Corp (AQSH) kabilarni
misol qilishimiz mumkin. AQSH dunyo bo`yicha
eng nufusli mehmonxonalar
ichida yetakchilikni qo`lga kiritgan. ( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva
Y.2015)
AQShdagi
eng
yirik
mehmonxonalardan
biri
“MARRIOTT
INTERNATIONAL” mehmonxonasi dunyoning eng katta transmilliy
kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Korporatsiyaning ma`lumotiga ko`ra
dunyoning jami turistlarning ¼ qismi shu mehmonxonaga tashrif buyurar ekan.
Ushbu mehmonxonaga ilk bora 1957 yilda asos solingan. Uning asoschisi DJON
MARRIOTT unga o`zining nomini beradi. Bu mehmonxona “Twin
Bridges
Marriott Hotel” deb nomlanadi. 1964 yilga kelib esa “Marriott Corporation” deb
nomlana boshlaydi. 1993 yilda kompaniya ikkita ko`chmas mulkka bo`linganligi
uchun uni “Marriott Corporation” va “Host Marriott” deb nomlana boshlaydi.
( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva Y.2015)
“Marriott International” mehmonxonalari bandligi yani turistlarning tashrif
buyurish soni jihatidan dunyoning boshqa mehmonxonalar raqobatchilari
hisobidan 10% ga ortiqroqdir. Bugungi kunda “Marriott International”
mehmonxonalari faol ravishda faoliyat yuritmoqda va AQSHdan tashqari
dunyoning 66 ta mamlakatida 3400 ga yaqin obyektlarini
qurib turistlarga va
mizojlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda.( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva
Y.2015)
“Marriott International”da 150 mingdan ortiq xodimlar ishlashmoqda.
Nomerlar soni esa 700 mingga yaqin. Marriott yana yaqin kelajakda 600 ga yaqin
o`zining mehmonxonalarini qurmoqchi ekanligini ma`lum qildi. ( I.f.n. - R.S.
Amriddinova, Nurullayeva Y.2015)
“Ritz-carlton’’ Bu mehmonaning dunyoda 63 ta filiali mavjud bo`lib asosan
oliy darajadagi kurortlarni o`zida mujassamlashtirgan. ( I.f.n. - R.S. Amriddinova,
Nurullayeva Y.2015)
“Renaissance Inn by Marriot’’- Ish yuzasidan tashrif buyurgan korporativ
mujozlarga xizmat ko`rsatadi.‘’ Courtyard by Marriott’’-
Cheklangan xizmatlarni
ko`rsatib, asosan AQSH va Kanadada joylashgan.‘’Fairfield Inn by Marriott’’-
Dunyoda uning 392 ta mehmonxonasi mavjud bo`lib, arzon narxdagi
mehmonxonadir. ‘’Spring Hall Suites’’-Ayollar va oilalalilar uchun juda qulay
mehmonxonadir.( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva Y.2015)