O'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uning yo'nalishlari


-rasm. O‘zbekistonga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə8/10
tarix22.09.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#146883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu “O\'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uni-fayllar.org

1.5-rasm. O‘zbekistonga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi6
Bunday korxonalar respublikadagi jami korxonalarning 2,5 foizini tashkil etsada, 2021-yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasining 19,8 foizi, eksport va importning mos ravishda 19,7 va 25 foizi ularning hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik subyektlarining eng samarador va eng faol qatlami hisoblanadi.


2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga koʻra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga 70 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib eksport hajmini 30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Ushbu maqsadlarga erishishda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, shuningdek, ularning eksport faoliyatini ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda O‘zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
2022-yilga kelib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar soni 50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Mamlakatga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yilda 3,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil yakunida ushbu ko‘rsatkich uch barobar ortib, 9,8 milliard dollarga yetdi.
Buning natijasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning jami investitsiyalardagi ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi.
Shu bilan birga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yilda 2,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 3,4 barobar oshib 8,5 milliard dollarga yetdi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi esa 17,7 foizdan 35,4 foizgacha oshdi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ham yil sayin ortib bormoqda: 2017-yida 5,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib ularning soni 15,8 mingtaga yetdi. Buning 6,4 mingtasi qo‘shma korxona, 9,3 mingtasi to‘liq xorijiy korxona hisoblanadi.
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 30,5 foizi savdo, 27,5 foizi sanoat, 8 foizi qurilish, 4,8 foizi qishloq xo‘jaligi, 4,1 foizi yashab turish va ovqatlanish muassasalari, 2,9 foizi saqlash va tashish, 4,8 foizi aloqa va axborot yo‘nalishlarida, 17,4 foizi boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda.


Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin