O'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uning yo'nalishlari


Kurs ishi mavzusi kimlar tomonidan o’rganilgan



Yüklə 65,25 Kb.
səhifə2/10
tarix22.09.2023
ölçüsü65,25 Kb.
#146883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu “O\'zbekistoning investitsiyaviy siyosati va uni-fayllar.org

Kurs ishi mavzusi kimlar tomonidan o’rganilgan. O'zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati va uning asosiy yo'nalishlari, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurishdagi roli, respudblikamizda qulay investitsiya muhitini barpo etishning ilmiy va amaliy jihatdanlari respublikamiz iqtisodchi-olimlari – Orifxonov Sh., Sirajiddinov N., Tursunov B.M., Hikmatov. O., Bedrintsev A.K., Yo'ldoshev Sh., Isajonov A., Rasulev A.F., Yusupov A., Trushin E.F. va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Tadqiqot maqsadi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yurtimizga investitsion mablag’larni jalb etish hamda zamonaviy texnologiyalar olib kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarini olib borish.
Tadqiqot vazifalari:
  • Investitsiya siyosatining mazmunini va nazariy jihatlarini to’liqroq yoritib berish.


  • Investitsion siyosat olib borish mexanizmlarini ko’rib chiqish hamda tahlil qilish.


  • Investitsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish masalalarini ko’rib chiqish.


  • Mamlakatimizda investitsiya siyosatni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.


  • O’zbekistonda investitsion faoliyatning asosiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish.




I-BOB. O`ZBEKISTONDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISHDA DAVLATNING ROLI.



    1. INVESTITISIYA FAOLIYATI TUSHUNCHASI.

Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, Investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan Investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi.

Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin. Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir.


Yüklə 65,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin