O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


O’zbekistondagi sud hokimiyati haqida ma’lumot bering



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə28/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

O’zbekistondagi sud hokimiyati haqida ma’lumot bering.

Sud xokimiyati - sud tomonidan protsessual qoidalarga qat`iy amal qilgan xolda, protsessual va moddiy xuquqni qo’llash orqali o`zining kompetensiyasiga tegishli bo’lgan ishlarni xal etish uchun berilgan xokimiyat vakolatidir.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan xolda, «Sudlar to’g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo’ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’lishi belgilab qo`yildi. Ushbu huquq O`zbekiston qo’shilgan Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10- moddasida va xalqaro xuquqning boshqa xujjatlarida xam mustahkamlangan.

Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo`zgatilishi mumkin. Sudya O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O`zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibsga olinishi mumkin emas.

Sudyalar mustakilligining asosiy kafolatlari «Sudlar to`g`risida»gi Qonunda mustahkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan:

ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;

ularning daxlsizligi;

qaror chiqarish chog’ida sudyalar maslaxatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;

sudga xurmatsizlik yoki muayyan ishlarni xal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini bo`zganlik uchun javobgarlik;

sudyaga davlat xisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.

Shuningdek, ushbu Qonunning 69-moddasiga muvofiq sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo`l qo’yilmaydi.




  1. Protsessual “ so’zining ma’nosini va mohiyatini tushuntirib bering.

Protsessual – tergov jarayoni yoki tergovgacha bo’lgan jarayonlarda har ikki tomonning ham huquq va majburiyatlarini belgilanishidir.





  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin