1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida” gi qonuni haqida ma’lumot bering.
Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 2017 yil 4 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘ldi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi kabilar mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.