1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77
BMT ning korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatning mazmunini yoritib bering.
BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Ma’lumotida shunday deyiladi: “Korrupsiya - bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadlarida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”dir.Korrupsiya tushunchasiga berilgan shu kabi ta’rif Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham berilgan: korrupsiya - bu “shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”dir.
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shildi. Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi - davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilanganligi keltirildi. Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga to‘la javob beradi.