O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə100/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari va shakllari

Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish huquqi ular davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazoratqilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratining samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan,mahalliy davlat hokimiyati organlari muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo‘lgandan keyin ularning qonunlarga mos yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo‘ladi.

barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari tashkil qiladi. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Mana shu jumlaning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilishdagi o‘rni va roli o‘z ifodasini topgan.

Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ancha faol ishtirok etmoqda.Mamlakatimizdagi eng ko‘p sonli jamoat tashkiloti kasaba uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni amalga oshirdi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy axborot vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘nlab nodavlat telekanallari, yuzlab bosma axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratida ular ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular mazkur jarayonda bevosita ishtirok etishlaridan tashqari nazoratning boshqa sub’ektlari tomonidan aniqlangan qonunga xilof holatlarni keng jamoatchilikka etkazishda muhim rol o‘ynaydi. Ular etkazgan ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini shakllantiradi.





  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin