O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


Fuqaroviylik tushunchasi haqida ma’lumot bering



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə43/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

Fuqaroviylik tushunchasi haqida ma’lumot bering.

Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.

V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir1.

Ko‘rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog‘liq. Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshiriladigan birdamlik, o‘zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo‘lmoqda. Aslida ko‘pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko‘proq ma’naviy axloqiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi.





  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin