Fuqaro – tushunchasini yoritib bering.
Shaxs siyosiy-huquqiy jihatdan fuqaro deb ataladi. Fuqaro -muayyan davlatda yashovchi, muayyan huquqiy maqomga, huquq, erkinlik, majburiyatlarga ega, davlat va huquqqa muayyan munosabatdabo'luvchi kishidir. Fuqaro muayyan davlat fuqaroligiga ega bo'lgan shaxsdir. Siyosiy jihatdan ozod, erkin inson, ya'ni fuqaro, fuqarolik va siyosiy huquqlar egasi bo'lmish inson ideali birinchi marta fransuz inqilobi davrida (1789 yil), "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi" da e'lon qilindi. Bu Deklaratsiyada Jan Jak Russo va boshqa Yevropa ma'rifatparvarlarining insonning tabiiy huquqlari to'g'risidagi g'oyalari, ya'ni "Insonlar huquqiy jihatdan erkin va teng bo'lib tug'iladilar va shundayligicha goladilar" degan g'oyalari o'z aksini topgan. Fuqaro tushunchasi qadimiy davrda va o'rta asrlarda keng ishlatilmagan. Ishlatilgan taqdirda ham boshqacha ma'noda qo'llanilgan.
O'rta asrlarda davlat va siyosiy hokimiyat bir-biri bilan chirmashib ketganligi sababli, inson tushunchasidan farq qiluvchi fuqaro tushunchasi bo'lmagan Yangi davrda siyosiy hokimiyat fuqarolik jamiyatidan ajralib chiqdi va uning oqibatida siyosiy inson, ya'ni fuqaro tabiiy insondan ajratildi. Siyosiy sohada inson fuqaro huquqlari bir-biridan ajratiladigan bo'ldi. Fuqaro tushunchasi shaxsning davlat bilan faol munosabatlarini aks ettiradi. Har bir shaxs bir vaqtning o'zida turli maqomda namoyon bo'lishi mumkin. Shaxsga oddiy biologik ma'nodagi jamiyat a'zosi, davlat fuqarosi va a'zosi, ijtimoiy-siyosiy hayotning qatnashchisi sifatida yondashish mumkin. Fuqaro tushunchasi "inson" so'zining chinakam ijtimoiy ma'nosini aks ettiradi. Fuqaro jamiyat kishisi sifatida ijtimoiy va siyosiy hayotning faol qatnashchisi, huquq va erkinliklar egasi, tegishli burch va majburiyatlarni bajaruvchidir. Fuqaro iborasi insonning muayyan davlatga taalluqliligi ma'nosida ishlatiladi. Shuning uchun u huquq va erkinliklarga ega bo'lib, davlat tomonidan belgilangan burchlarni bajaradi, huquqiy munosabatlar subyekti va ma'lum huquqiy maqom egasi bo'ladi
Dostları ilə paylaş: |