4.Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida bajarilishi lozim bo’lgan maqsad va vazifalarni keltirdi.
Iqtisodiyot sohasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi darkor:
iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Shu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi:
makroiqtisodiy barqarorlikning va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atini ta’minlash;
jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish;
iqtisodiy statistik ma’lumotlarni to’g’ri yuritish va davlat iqtisodiy ahvolini aniq baholash (Shu maqsadda 2020 yil 1- yanvardan boshlab BMT va Xalqaro valyuta fondining “Milliy hisoblar tizimi"ni respublikada to’liq joriy etish masalasi qo’yildi);
iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish (Vazirlar Mahkamasi mamlakatning 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni 2019 yil 1 aprelga qadar yakunlashi kerak);
byudjet mablag’laridan foydalanish tizimini takomillashtirish (byudjet hisobidan mablag' ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko’rsatkichlaridan iborat natijaga yo’naltirilgan indikatorlar bo’lishi masalasi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga 2 oy ichida taklif kiritish vazifasi yuklatildi);
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish (shu asosda “Raqamli O’zbekiston 2030” dasturi konsepsiyasi ishlab chiqilib hayotga tadbiq etiladi).