O`zbekistonning eng yangi tarixi faindan savollarga javoblar Topshiriqlar


Ozbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning uo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari



Yüklə 71,71 Kb.
səhifə5/5
tarix21.10.2023
ölçüsü71,71 Kb.
#158589
1   2   3   4   5
2-tarix amaliy)

5.Ozbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning uo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
Aslida mustaqil O`zbekiston hududida, aniqrog`i ko`hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so`nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho`rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o`tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o`ynovchilikdan qutildik, o`zimizning milliy an`analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O`zbekiston tanlagan yo`l bozor iqtisodini shakllantirishdir.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
1994 yil oxirigacha 54 ming korxona mulk shaklini o`zgartirdi (xususiy, aksiadorlik, jamoa, ijara va x.k.). Natijada respublikada nodavlat sektorning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bordi. 1995 yili sanoat mahsulotining 97 %i nodavlat sektorga to`g`ri keldi.
Yurtboshimiz I.A. Karimov bu boradagi ishlarni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirdi:
«...iqtisodiy munosabatlarda, ayniqsa mulk masalalarida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturini amalga oshirish natijasida, mamlakatimizda xaqiqiy ko`p tarmoqli iqtisodiyot shakllantirildi, nodavlat sektor mustahkamlandi va iqtisodiyotimizda faol rol o`ynay boshladi»(I.A.Karimov. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. «O`zbekiston», 1996, 13- bet.).
Prezidentimiz O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi nutqida yana shu masalaga to`xtalib, shunday dedi:
«Biz-xususiy mulkning miqyosi va ulushi uzluksiz o`sib boradigan ko`p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish tarafdorimiz. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom ma`nodagi mulkdorlar sinfining ko`pchilikni tashqil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikning kafolati bo`lib xizmat qiladi»(I.A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz.-Namangan haqiqati,-2000.-26 yanv.).
Amerikaning Kolorado shtatidagi «Nyumont» firmasi bilan Muruntovda qo`shma korxona qurilib, «Zarafshon-Nyumont» korxonasi o`z ishi natijasini ikki yilda ko`rsatdi.
O`zbekistonning istiqloli mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatini rivojlanishi bilan uzviy bog`liq. O`zbekiston bilan Janubiy Koreya o`rtasida «UZ-DAEWOO» avto ko`shma korxonasi qurilib, yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 1993 yili GFR bilan O`zbekiston o`rtasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi Xorazmda «Do`stlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994 yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab chiqardi. 1995 yili «O`zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi o`rtasida shartnoma imzolanib, 1999 yildan Samarqandning So`g`diyona mavzeida avtobus zavodi qurilib, faoliyat yurita boshladi.
Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlar o`tkazish ham biz uchun yangilik emas. O`zbek dehqoni o`z boshidan qancha islohotlarni o`tkazmadi deysiz. Natijasichi? Sho`rolar zamonida «dehqonlar» termini o`z mohiyatini yo`qotdi. Uncha uzoq emas, 80-yillarda kolxozchilarning bajargan ishlariga xaq to`lash normativlarida bir ish kuni (yetti soat) 20 sotix yagana qilsa, bir norma ish hisoblanib, unga 3 so`m 27 tiyin haq belgilangan. Ko`z oldingizda keltiring 20 sotih yagana qilish uchun (qator orasi 60 sm bo`lganda) 3200 metr egat ustidan deyarli emaklab o`tish kerak. Urug`likning «klassiga» unuvchanligiga qarab, 1 metrga 30-35 dona chigit qadaladi. Shundan o`rtacha 25ta chigit unib chiqsa, 20 sotixda 80 ming ko`chat bo`ladi. Aslida 1 metrda 5tadan, jami 20 sotihda 16 ming ko`chat saqlanishi lozim. Yaganalash jarayonida ortiqcha 64 ming ming ko`chatni holatiga qarab olib tashlash kerak. Endi kolxozchi bir kunda 7 soat (430 minut) qonun bo`yicha ishlasa, har minutda 152 tadan ko`chatni yulib, etakka solib, ekin maydonidan chetga olib chiqib tashlashi kerak.
Yoki 15 sotix g`o`za birinchi chopiq qilinsa, 3 so`m 15 tiyin haq beriladi. 15 sotix-agar qatorlarning orasi 60 sm, uzunligi 100 metr bo`lsa, 25 qator yoki 2500 metr bo`ladi. Bundan tashqari, chopiqda qatorning har ikki tomoniga ketmon urish kerak. Demak, 5000 metr. Agrotexnika bo`yicha imkoni bo`yicha yaqin, chuqur qilib topish talab etiladi. Agar, har 10 sm yerga bittadan ketmon urilganda, 50 ming marta urish kerak. Bu bir minutda 119 martadan ketmonni ko`tarib tushirishini taqazo etadi. Yoki kolxozchining 159 marta urishiga 1 tiyindan ish haqi to`g`ri keladi.
`zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, o`zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo`lib qoldi. O`zbekiston tanlagan islohot yo`li ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo`nalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o`zining xayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
— iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy taziyqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
— davlat bosh islohotchi o`rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:
— bozor munosabatlariga o`tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart.
— bozor munosabatlarni joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish:
— ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo`nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o`tish evolutsion yo`l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Axborot tizimlari yo`nalishi 915-21guruh talabasi Kamolov Faxriddin
Yüklə 71,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin