O`zbekistonning eng yangi tarixi faindan savollarga javoblar Topshiriqlar


Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat



Yüklə 71,71 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü71,71 Kb.
#158589
1   2   3   4   5
2-tarix amaliy)

3.Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat.
Insoniyat necha asrlardan buyon yaxshi hayot, yaxshi jamiyat qurishni orzu qilib keladi. Qancha-qancha soxta dohiylar, soxta tuzumlar yaratildi, lekin uzoq yashamadi, yo‘q bo‘lib ketdi. Bir paytlar dunyoda eng insonparvar jamiyat, deb jar solingan sovet tuzumi ham barbod bo‘ldi. Qanday yashashni, qanday yo‘ldan yurishni o‘zimiz hal etadigan zamon keldi — O‘zbekistonimiz mustaqil bo‘ldi. Biz huquqiy demokratik davlat, insonparvar, odil jamiyat qurishni maqsad qilib belgiladik. Dunyo tajribasidan ma’lumki, ko‘ppartiyaviylik tizimiga erishmay turib, bunday davlatni, jamiyatni qurib bo‘lmaydi.

Bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: «Modomiki, biz demokratik jamiyat qurmoqchi ekanmiz, jamiyatimizda albatta ko‘ppartiyaviylik tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim nima uchun zarur, degan savolga men shunday javob bergan bo‘lardim. Ko‘ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o‘z manfaat va qarashlariga ega bo‘lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to‘liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o‘zining manfaatlarini qandaydir yo‘llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo‘lsa, qonuniy yo‘llar bilan o‘z maqsadlariga erishishga intiladi.

Shu ma’noda, har bir partiya o‘ziga bo‘lgan ishonchni, kuch-quvvatni xalq ichidan oladi. Shuning uchun ham har qaysi partiya — xalqning ma’lum qatlami manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch, desak, ayni haqiqat bo‘ladi».

Ikkinchidan, katta aholi soniga ega bo‘lgan davlatimizda fikrlar, qarashlar ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shuning uchun ham, jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uning davlat boshqaruvida amalga oshishiga zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi;

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi» mazmunidagi qoida mustahkamlangan va uning mohiyati ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosib;
Mamlakatimizda haqiqiy demokratiyaning zarur va qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi tanlanishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

Uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning keng ishtirokini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish, saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashini taqozo qiladi. Saylovchilar, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlardan tanlab olishning real huquqi beriladi.
Turli mamlakatlarda partiyalarning rivojlanishi har xil kechadi. Bu rivojlanish har bir davlat, millat tarixi, siyosiy faolligi, ijtimoiy-siyosiy tajribasidan kelib chiqib, milliy xususiyatlari asosida turlicha bo‘ladi. Albatta, qonunlarda belgilab qo‘yilgani bilan ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun muayyan vaqt, fuqarolarning siyosiy-huquqiy dunyoqarashi yuksalishi talab etiladi. Ya’ni, ko‘ppartiyaviylik qonuniy asoslarga ko‘ra, tabiiy sharoitda yuzaga keladi.

Shu ma’noda, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘ziga xos tadrijiy tarzda shakllandi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan, yakka hokimlikni surib kelgan kommunistik partiyadan voz kechilgan bir sharoitda xalqning boshini qovushtiradigan, bir g‘oya atrofida birlashtirishni o‘z zimmasiga oladigan siyosiy kuch kerak edi. Ana shunday murakkab vaziyatda, 1991 yil noyabr oyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etildi. Bu yangi partiya yangi tuzum sharoitida ko‘p sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, tajriba orttirdi.





Yüklə 71,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin