XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIM «O‘ZBEKISTONNING ENG YaNGI TARIXI» KAFEDRASI «O‘ZBEKISTONNING ENG YaNGI TARIXI» FANIDAN SESSIYa ORALIG‘I VAZIFALARI 6-VARIANT
TOShKENT-2022
1-topshiriq. Tarixiy atama va tushunchalarga izoh bering. Birinchi topshiriqda 5tadan tarixiy tushunchaga izoh berish kerak.
Biznes
Bozor iqtisodiyoti
Diversifikatsiya
Inflatsiya
Infratuzilma
2- topshiriq. Taqdimot. Mavzu bo‘yicha taqdimot (PPT dasturida) qiling.
Ijtimoiy sohada davlat siosatning takomilashib borishi va aholi farovonligini oshirish tadbirlari.
3-topshiriq. Mavzu bo‘yicha 5 ta test tuzing.
Ijtimoiy sohada davlat siosatning takomilashib borishi va aholi farovonligini oshirish tadbirlari.
4-topshiriq. Mavzu bo‘yicha esse yozing. Esse xajmi 1 saxifadan oshmasligi lozim. Yarim bet ko‘rinishida esseni bajarish tavsiya etiladi.
Ijtimoiy sohada davlat siosatning takomilashib borishi va aholi farovonligini oshirish tadbirlari.
1-topshiriq 1. Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.
Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu o'ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni ko'ra olish.
Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish.
Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak.
Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin.
Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga o'zini baxshiyda qilish.
Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik va buni evaziga mukofot olish.
Biznes - bu insonning yashash tarzi.
Biznes - bu insondagi ba'zi sifatlar to'plami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik.
Biznes - bu foyda = daromadlar - xarajatlar. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Biznesni muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ichki va tashqi omillar muhim ro'l o'ynaydi.
2. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
3. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni 20-asrning 50-yillari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois diversifikatsiya harakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoklilik tusini oladi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Mas, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va b.da faoliyat yuritdi.
4. Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.